Mavzu: Koilin


Download 1.6 Mb.
bet4/6
Sana13.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1455713
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
zjcfbshdgfysv

RNK bog’lovchi funksiyalarga ega multidomen oqsillar



Oqsillar hujayra va organizmda keng qamrovli ahamiyatga ega. Bu yerda sizlarga yaxshi tanish boʻlgan va koʻp organizmlarning (shu jumladan, insonlarning) biologiyasida muhim ahamiyatga ega, koʻp uchraydigan oqsil turlaridan bir nechta misolni koʻrib chiqamiz.
Fermentlar biokimyoviy reaksiyalarda katalizator sifatida vazifa bajaradi, yaʼni reaksiyalarni tezlashtiradi. Har bir ferment bir yoki bir nechta substratni aniqlaydi. Substrat reaksiyaning boshlangʻich mahsuloti sifatida reaksiyaga kirishuvchi molekula hisoblanadi. Turli xil fermentlar turli reaksiyalarda ishtirok etadi va ular substratlarni parchalashi, bogʻlashi yoki qayta qurishi mumkin.
Tanamizda uchraydigan fermentga misol tariqasida soʻlak tarkibidagi amilazani olish mumkin, u amilozani (kraxmalning bir turi) kichik shakar molekulalarigacha parchalaydi. Amilozaning taʼmi unchalik ham shirin emas, ammo undan hosil boʻlgan shakar molekulalari shirin taʼmni beradi. Shu sababli tarkibida kraxmal bor mahsulotlarni uzoqroq muddat chaynasangiz, uning taʼmi shirinroq boʻladi, chunki bunda soʻlak tarkibidagi amilaza ishga tushadi.
Gormonlar endokrin hujayralar (xuddi gipofiz bezi hujayralari kabi) tomonidan ishlab chiqariladigan, masofaviy taʼsir qiluvchi kimyoviy signallar hisoblanadi. Ular oʻsish, rivojlanish, metabolizm va koʻpayish kabi muayyan fiziologik jarayonlarni nazorat qiladi. Ayrim gormonlar steroid tabiatli (lipidlar haqidagi maqolani koʻring), boshqalari esa oqsil tabiatli. Ushbu oqsil tabiatli gormonlar odatda peptid gormonlari deb ataladi.
Masalan, insulin qondagi glyukoza miqdorini tartibga solishga yordam beradigan muhim peptid gormon hisoblanadi. Qondagi glyukoza miqdori koʻtarilganda (masalan, ovqat isteʼmol qilgandan keyin), oshqozon osti bezidagi maxsus hujayralar qonga insulin ajratadi. Insulin jigar va tananing boshqa qismlaridagi hujayralar bilan bogʻlanadi va ular glyukozani oʻzlashtiradi. Bu jarayon qondagi glyukoza miqdorini normal, barqaror koʻrsatkichga qaytarishga yordam beradi.
Boshqa oqsillar va ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Oqsil turlari va vazifalari


Ahamiyati

Misollar

Vazifasi



Hazm fermentlari

Amilaza, lipaza, pepsin

Ozuqa moddalarni kichik boʻlaklargacha parchalaydi va ularning absorbsiyalanishini osonlashtiradi

Tashuvchi oqsillar



Gemoglobin

Moddalarning qon yoki limfa tarkibida tana boʻylab harakatlanishini taʼminlaydi

Tuzilish oqsillari

Aktin, tubulin, keratin

Sitoskelet kabi turli tuzilmalarning qurilishida qatnashadi

Gormon signalizatsiya oqsillari



Insulin, glyukagon

Organizmning turli sistemalari faoliyatini muvofiqlashtiradi

Himoya oqsillari

Antitanalar

Organizmni begona patogenlardan himoya qiladi

Qisqaruvchi oqsillar

Miozin

Mushaklar qisqarishini taʼminlaydi

Zaxira oqsillari

Urugʻ zaxira oqsillari, tuxum hujayra tarkibidagi albumin oqsillari

Embrionning yoki urugʻning erta rivojlanishini ozuqa bilan taʼminlash uchun kerak

Jadval OpenStax College, Biologyʼdan olingan.


Oqsillar turli oʻlchamlarda va shakllarda uchraydi. Ayrimlari dumaloq (sharsimon) shaklda, boshqalari esa uzun, ingichka tolalar koʻrinishida boʻladi.
Misol uchun, qondagi kislorodni tashuvchi gemoglobin oqsili dumaloq oqsil deyiladi, teri tarkibidagi kollagen esa tolali oqsil hisoblanadi.
Oqsil shakli uning vazifasi uchun juda muhim va keyingi maqolada biz oqsil shaklini saqlashda turli xil kimyoviy bogʻlar muhim ahamiyatga ega boʻlishini koʻrib chiqamiz. Harorat va pH dagi oʻzgarishlar, shuningdek, ayrim kimyoviy moddalarning mavjudligi oqsil shaklining buzilishi va vazifasini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin, bu jarayon denaturatsiya deb ataladi.
Aminokislotalar oqsil hosil qiluvchi monomerlar hisoblanadi. Xususan, bitta oqsil bir yoki bir nechta aminokislotalar zanjiridan tashkil topadi, ularning har biri polipeptid deb ataladi. (Bu nom maqola davomida biroz pastroqda keltirilgan.) Oqsillar tarkibida 202020 xil aminokislota uchrashi aniqlangan.







Aminokislota tarkibidagi aminoguruh, karboksil guruh, alfa uglerod va R guruhi keltirilgan rasm.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.


Aminokislotalar umumiy tuzilishga ega boʻlib, alfa (α) uglerod deb nomlanuvchi markaziy uglerod hamda unga bogʻlangan aminoguruh (\text
{NH}_2NH2start text, N, H, end text, start subscript, 2, end subscript), karboksil guruh (\text {COOH}COOHstart text, C, O, O, H, end text) va vodorod atomidan tashkil topgan.
Yuqorida keltirilgan aminokislotaning umumiy tuzilishi biroz soddaroq boʻlishi uchun bitta amino, bitta karboksil guruh keltirilgan va neytral tuzilishga ega, lekin barcha aminokislotalar ham bunday tuzilishga ega emas. pH (\text{7,2}7,2start text, 7, comma, 2, end text - \text{7,4}7,4start text, 7, comma, 4, end text) boʻlgan fiziologik holatda aminoguruh protonlangan va musbat zaryadga ega, karboksil guruh esa deprotonlangan va manfiy zaryadga ega.
Har bir aminokislota tarkibida markaziy atomga birikkan, bir atom yoki atomlar guruhidan tashkil topgan R guruhi boʻlib, u aminokislotaning oʻziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, R guruh vodorod atomi boʻlsa, unda bu glitsinga toʻgʻri keladi, agar metil (\text {CH}_3CH3start text, C, H, end text, start subscript, 3, end subscript) guruhi boʻlsa, unda alanin aminokislotasiga toʻgʻri keladi. Organizmda uchraydigan yigirmata aminokislota va ularning R guruhlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling