Kolloid eritmalarni tozalashning sentrifugalash usuli
1913 yilda A.V. Lumanskiy kolloid eritmalarda
kolloid zarrachalarni
sentrifuga yordamida cho‘ktirib ajratib olish mumkinligini ko‘rsatdi.
Bu usulni
takomillashtirib, Svedberg kolloid zarrachalarni cho‘ktirishda
hozirgi zamon
ultratsentrifugasini qo‘lladi. U minutiga 60000 marotaba aylanadi.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar
1. Kolloid eritmalar qanday usullar yordamida olinadi?
2. Kolloid tegirmonning ishlash mexanizmini tushuntirib bering.
3. Kolloid eritmalar quyidagi usullarda qanday qilib olinadi, misollar
asosida
tushuntiring:
a) metallarni elektr toki yordamida changlatib dispergirlash usulida;
b) ultratovush to‘lqinlari yordamida;
s) fizikaviy kondensirlash usulida;
d)
kimyoviy kondensirlash usulida;
e) peptizatsiya usullari vositasida.
4. Kolloid eritmalarni hosil qilishning bir-biriga qarama-qarshi ikki prinsipi
(agregatsiya va kondensatsiya) nimalardan iborat?
5. Kondensatsiya usuli bila zollar olinishi va
uning turlariga misollar
keltiring.
6. Kolloid eritmalarni tozalashning qanday usullarini bilasiz?
7.
Kolloid
eritmalarni
tozalash
usullaridan
elektrodializ
va
ultrasentrifugalash usullarining mohiyatini tushuntirib bering.