va
b qismlari qizdirilganda Na va benzol bug‘lanib, suyuq havo solingan
v idish
sirtida kondensatlanadi. Suyuq havo olib qo‘yilgach (bug‘lanib bo‘lgach),
kondensatlanish natijasida hosil bo‘lgan kolloid eritma asbobning
g qismiga
yig‘iladi.
Fizikaviy kondensatlanish usullariga erituvchini almashtirish usuli ham
kiradi. Bu usulning mohiyatini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. Ma’lumki, ba’zi
organik kislotalar
etil spirtida yaxshi erib, suvda yomon eriydi. Bunday
kislotalarning suvdagi kolloid eritmalarini hosil qilish
uchun avval kislota spirtda
eritilib, keyin hosil bo‘lgan eritmaga asta-sekin suv qo‘shib suyultiriladi. Suv spirt
bilan har qanday nisbatda aralasha olganligidan, spirtda erigan organik kislotaning
suvli spirtda eruvchanligi pasayib, uning suvdagi kollod eritmasi hosil bo‘ladi. Ana
shu usul bilan, masalan, oltingugurtning sut kabi oq kolloid eritmasini hosil qilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: