Mavzu: kolloid sistemalarni tayyorlash va tozalash usullari


Kolloid eritmalar kondensatlash, dispergatlash, peptizatsiyalash usullari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana21.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1791604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-Мavzu. Kolloid eritmalarning tayyorlah va tozalash usullari

Kolloid eritmalar kondensatlash, dispergatlash, peptizatsiyalash usullari 
bilan olinadi. Kolloid eritma tayyorlashda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
kondensatlash va dispergatlash usullaridan keng foydalaniladi. Bularning birinchisi 
molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish (agregatlash)dan, 
ikkinchisi esa yirikroq zarrachalarni maydalashdan iborat.
Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o‘lchamlari 1 nm dan to 
100 nm gacha bo‘lishi kerak. Zarrachalarning o‘lchami ana shunday bo‘lgan 
suyuq kolloid sistemani dispergatlash yo‘li bilan hosil qilishning ikkita sharti 
bor: 
– birinchidan, dispers faza moddasi shu dispersion muhitda mumkin qadar 
kam eriydigan bo‘lishi kerak,
– ikkinchidan, sistemada dispers faza va dispersion muhitdan tashqari yana 
uchinchi modda bo‘lishi kerak, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispers 
faza bilan dispersion muhit zarrachalari o‘rtasida mustahkam bog‘lanishni vujudga 
keltiradi.
Kolloid sistemalarni barqaror qiladigan moddalar stabilizatorlar deyiladi.
Dispergatlash usuli bilan kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism 
stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush 
yordami bilan suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi.
1) Kolloid tеgirmonlar yoki vibrotеgnlar yordamida maydalash. Bunda a) 
tеz-tеz еngil zarbalar bеradi; b) zarbalar bеvosita emas, balki suyuqlik orqali 
bo‘ladi. Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda muhit va stabilizator bilan 
aralashtirilib, tеshik orqali tеgirmonga solinadi.O‘qqa o‘rnatilgan kurakcha 
yordamida aralashtiriladi. Kurakcha 10000-15000 marta minutiga aylanadi. 
Suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda tеz harakatlanadi va harakatsiz 
tishlarga kеlib uriladi va maydalanadi. Tayyor bo‘lgan kolloid eritma pastki 


tеshikdan quyib olinadi. Bu usuldan bo‘yoq, oltingurgut, grafit, kvarts va boshqa 
moddalarning zollari olinadi. 
Maydalash jarayoni turli konstruksiyali tegirmonlarda amalga oshiriladi. 
Masalan, sharikli (a) va kolloid (b) tegirmonlarda: 
Sharikli tegirmonlar yordamida quruq maydalash usulida zarrachalarning 
o‘lchami 6∙10
4
nm gacha, ho‘llash orqali maydalanganda 10

nm dan kichik 
zarrachalar olinadi; kolloid tegirmonlar yordamida esa 100 nm va undan kichik 
zarrachalar olinadi. 
Kolloid tegirmonlarda maydalash jarayoni juda tez amalga oshadi. Kolloid 
tegirmonlar kashf etilgunga qadar masalan grafitni sharikli tegirmonlarda 
ishqalashgan, buning uchun esa 15-20 sutka vaqt kerak bo‘lgan. Kolloid tegirmon 
yordamida esa bunga atigi 15-20 daqiqa vaqt talab qilinadi.
Maydalash usuli yordamida Q/G, Q/S, changlatish usulida esa S/G, S/S, 
barbotaj usuli yordamida esa G/S tipidagi sistemalar olinadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling