Mavzu: kolloid sistemalarni tayyorlash va tozalash usullari


 Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ, elektrodializ


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana21.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1791604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-Мavzu. Kolloid eritmalarning tayyorlah va tozalash usullari

 
6.2. Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ, elektrodializ, 
ultrafiltratsiya, ultrasentrifugalash 
Kolloid eritmalarni barqaror xolatda olish va ularni xossalarini o‘rganish 
uchun ularni tozalash, ayniqsa ular tarkibidan elеktrolit moddalarni ajratib tashlash 
zarur. Kolloid eritmalar hosil bo‘lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari
ko‘p miqdorda kislota, asos va tuzlar ham bo‘ladi. Kolloid eritma barqaror bo‘lishi 
uchun eritmada ma’lum miqdorda elektrolitlar ham bo‘lishi kerak, lekin kolloid 
eritmadan ortiqcha miqdordagi elektrolitlarni yo‘qotish zarur. Kolloid eritmadagi 
ortiqcha elektrolitlarni yo‘qotish kolloid eritmani elektrolitlardan tozalash 
deyiladi.
Kolloid eritmalarni tozalashda dializ, ultrafiltratsiya va elektrodializ 
usullaridan foydalaniladi.
 
Kolloid eritmalarni tozalashning dializ usuli 
Kolloid eritmalarni o‘simlik, xayvon va sun’iy mеmbranalardan o‘tuvchi 
aralashmalardan tozalash dializ dеyiladi. Dializ uchun qo‘llaniladigan asbob 
dializator dеyiladi. Dializatorlarning turlicha turlari mavjud bo‘lib, dializatorda 
mеmbrana sifatida pеrgamеnt, yoki sеllofan qo‘llaniladi. Tozalash oquvchan suv 
yordamida kеtadi.
Toza kolloid eritmalar olish uchun kolloid eritmalar tarkibida hosil bo‘lgan 
elektrolit (asos, kislota, tuz)lar va boshqa aralashmalar yo‘qotiladi. Kolloid 
eritmalarni tozalash uchun “dializ”, “elektrodializ” va “ultrafiltratsiya” usullaridan 
foydalaniladi.
Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (o‘simlik, hayvon va 
sun’iy membranalardan o‘tadigan aralashmalardan) tozalash dializ deb, unda 
ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi.
Kollodiy va sellofanlardan sun’iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani 
tozalash uchun, uni sun’iy membrana xaltachasiga (1) solib, so‘ngra suvli idishga 
(2) botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali o‘tib, 
suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializ usuli 
kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng ishlatiladi.
25-rasmda eng sodda dializator ko‘rsatilgan. Tagi mol pufagi yoki boshqa 
yarim o‘tkazgich pardadan iborat idishga tozalanishi kerak bo‘lgan kolloid eritma 
solinadi, so‘ngra bu idish suvli boshqa idishga tushiriladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling