Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1. Shoira yashagan davrdagi ijtimoiy muhit haqida nimalar bilasiz?
2. Dilshod otin shoira xususida qanday fikrlar bildirgan?
3. Shoiraning farzandlari to’g’risida qanday ma’lumotlarga egasiz?
4. Shoiraning o’tmish adabiyotiga bo’lgan munosabati qanday edi?
5. Anbar otinning hajviy sherlarida qanday muammolar ko’tarilgan?
6. Shoiraning pand-nasihat ruhida yozilgan sherlariga qanday baho berasiz?
|
O’qituvchi-
Talaba
O’qituvchi-
Talaba
|
|
5-bosqich
|
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi.
Maqsad va vazifalarning bajarilganligi tahlil qilinadi, zaruriy maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.
|
O’qituvchi
|
|
Mavzu rejasi:
Shoiraning hayot yo’li
Anbar otin lirikasi
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari:
Ilm o’rganishi, Dilshod otinning shoiraga bergan bahosi, sheriyati, lirikasida sof sevgining tarannum etilishi, ijodida ijtimoiy–siyosiy mavzu, sheriyatida hajviy yunalish, «Qoralar falsafasi» asarida falsafiylik
Mavzuga oid muammolar:
1. Nima sababli Anbar otin lirikasi haqida fikr yuritilganda ko’proq uning hajviyoti to’g’risida gapiriladi. Shoiraning an’anaviy lirikasi badiiy saviyasi hajviyotiga qaraganda pastroq darajadami?
2. Ma’lumki, shoiraning «qoralar falsafasi» asari falsafiy yo’nalishda yaratilgan. Falsafiy asarlar yaratish mazkur davrda yashab ijod etgan shoirlar uchun xosmi?
1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
Anbar otinning yoshligi, ilm olishi, oilasi to’g’risida talabalarda tasavvur uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Anbar otinning yoshligi to’g’risida so’zlaydi.
1.2.Shoiraning ilm o’rganishi haqida malumot beradi.
1.3.Shoiraning Zohidxo’ja bilan birga bo’lgan oilaviy hayotiga izoh beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |