Мавзу: Комил Хоразмий
–asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi
Download 1.06 Mb.
|
portal.guldu.uz-Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2–asosiy masalaning bayoni
- Muhokama uchun savollar
2–asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
Shoir ijodida erkparvarlik va marifatparvarlik g’oyalarining paydo bo’lishi zaminlarini izohlaydi va shunday ruhdagi asarlarini tahlil qiladi. Identiv o’quv maqsadlari: Avaz O’tar o’g’lining marifatparvarlik ruhidagi asarlari haqida gapiradi. Shoirning «Til», «Maktab» kabi g’azallarini tahlil qiladi. «Xalq», «Ulamolarga xitob», «Fidoyi xalqim» kabi she’rlarini sharhlaydi. 2–asosiy masalaning bayoni: 1914 yildan keyin ro’y bergan muhim siyosiy va tarixiy hodisalar tasiri ostida Avaz O’tar ijodida xalqparvarlik g’oyalarini kuylash bilan birga, uning ijodida yangi marifatparvarlik va ozodlik g’oyalari ham paydo bo’ldi. Bu jihatdan Avaz O’tarning «Xalq», «Ulamolarga xitob», «Sipohiylarga», «Til», «Maktab», «Fidoyi xalqim», «Harb vahshiylariga», «Topar ekan qachon» kabi asarlari g’oyat muhimdir. Shoirning marifatparvarlik ruhidagi sherlari ichida «Til» sheri alohida xususiyati bilan ajralib turadi. Avaz O’tar «Til» sherida chet tillarini o’rganish kerakligi to’g’risida yoshlarga xitob qilib, til o’rganing, «til foydali kondir», u orqali ilm xazinasiga ega bo’lasiz, deydi. G’ayri tilni say qiling bilgali yoshlar, Lozim siza har tilni biluv ona tilidek. Avaz O’tarning marifatparvarlik g’oyasini targ’ib qiluvchi sherlaridan yana biri «Maktab»dir. G’azal shaklidagi etti baytli bu sherida shoir maktabni ilm-madaniyat manbai sifatida ulug’laydi: Dilu jon birla el maktab ocharga ijtixod etsin, Nedinkim bizni g’am qaydidin ozod etgusi maktab, Avaz, himmatini qil oliy ocharga emdi maktab kim, Baloi jahlu nodonlikni barbod etgusi maktab. Avaz O’tar 1914 yildan keyin siyosiy mavzuda ajoyib sherlar yozdi. Bu sherlar ijtimoiy hayotning turli sohalariga taalluqli bo’lib, ularning deyarli hammasining ham g’oyaviy yo’nalishi o’tkirdir. «Ulamolarga xitob» g’azali olti baytdan iborat bo’lib, u 1917 yilda yozilgan. Sher din ahllariga – ulamolarga xalq nomidan chiqarilgan aybnomadir. «Xalq » g’azali 1917 yilda yozilgan etti baytli sher bo’lib, u o’zining g’oyaviy mohiyati jihatidan shoir siyosiy lirikasining yakunidir. Sher xalq «zulm tig’i bilan bag’ri pora - pora» bo’lganligi to’g’risidagi misralar bilan boshlanadi: Yo’q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq, Zulm tig’i birla bo’lgon bag’ri yuz ming pora xalq. Sher xalqni uyg’otishga chaqirish bilan tugaydi. Avaz O’tar agar zamon ko’zini ochib uyg’onsa, xalq zulmdan, hurlikdan qutuladi, degan xulosa chiqaradi: Ko’zlarin ohista – ohista agar ochsa zamon. Ey Avaz, bo’lmas shuningdek barxo ovora xalq . Muhokama uchun savollar: Shoir ijodida marifatparvarlik ruhidagi asarlarning paydo bo’lish sabablari haqida nimalar deyish mumkin? «Til» va «Maktab» sherlarida qanday masalalar ko’tarilgan? Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling