Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili
Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi
Download 168 Kb.
|
KOMPANIYA
2. Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vaqili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan ta‘sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan xolda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan xolda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta‘sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan xolda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shaxar xokimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat r°yxatidan o’tgan kundan boshlab ta‘sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi. Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shaxar xokimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’grisida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro’yxatiga kiritish maksadida e‘tibor beriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tish uchun xokimiyatga uni ta‘sis etish to’grisida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar takdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan takdirda, ta‘sischi rad etish asoslanmagan deb xisoblagan xolda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun konunda ko’rsatilgan mikdorda badal olinadi. To’plangan mablaglar korxona ro’yxatidan o’tgan shaxar, tuman byudjetiga o’tkaziladi. Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs xisoblanadi, o’z shaxobchasini ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi. Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi maxalliy xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maksadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taksimlash tartibi, korxonani kayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan boglik, konunga zid bo’lmagan boshqa koidalar xam ko’rsatilishi mumkin. Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling