Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili


Download 168 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1572088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPANIYA


MAVZU: KOMPANIYA PORTFELINING KORXONALAR TARMOQLARI BO'YICHA TAXLILI
MUNDARIJA
R EJ A:
KIRIAH…………………………………………………………………..……..1
1. Korxonalar va ularning vazifalari.
2. Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi…………..……3
3. Korxona mulki……………………………………………………..…….8.
4. Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish…..15.
5.Milliy kompaniyaning xalkaro kompaniya statusiga utish evolyutsiyas……………………………………………………………………………………….20
6.TMK-xalkaro tadbirkorlikning samarali shakli……………………………….25
7TMK millatini aniklash…………………………………………………………………….29
Xulosa…………………………………..……………………………………………………………33
Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………………………..34

KIRISH
Korxona va uning turlari. Korxonaning asosiy vazifalari. Korxonani ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi. Korxona mulki. Korxona xo’jalik mexanizmini shakllanishi.Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustakil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mexnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farklanadi:

  • fukarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;

  • jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;

  • davlat mulkiga asoslangan korxona.

SHuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan ko’shma korxona xam tashkil etiladi. Ko’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fukarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga boglik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichiq bo’lishi mumkin.
Kichiq korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari konun tomonidan belgilab ko’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, x°jalik vazifalarini markazlashgan xolda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalk xo’jaligining sanoat, kishlok xo’jaligi, kurilish, transport, aloka, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoklarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaktning o’zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shugullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yukori iste‘mol sifatlariga ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona kuyidagilarga erishishi lozim:

  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mexnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;

  • jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yukori unumdor mexnat uchun imkoniyatlar yaratish, mexnatga karab taksimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish va yaxshilash;

  • mexnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xakikiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga kizikish uygotish.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling