Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili


Download 168 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1572088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPANIYA

Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi.
Qarzli moliyalashtirish turli manbalardan, obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan kreditlar va qarzlar shaklida namoyon bo‘ladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli doirasida investitsiya mablag‘larini yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit resurslari bozori va davlatdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya krediti investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan turli xildagi bank kreditlari sifatida namoyon bo‘ladi. Kredit kreditlashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilingan tartibda beriladi, ya’ni qaytaruvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish.
Davlat tomonidan kreditlashtirish aniq bir korxonaga (yoki ma’lum loyihaga) imtiyozli asosda bevosita (maqsadli) kreditlar shaklida amalga oshiriladi. Davlat kreditning foiz stavkalarini, qaytarish muddatlari va tartibini o‘rnatadi.
Obligatsiyali qarz qarzli moliyalashtirishning bir ko‘rinishi sifatida, obligatsiyalarni emissiya qilish asosida tashqi o‘zlashtirishni bildiradi. Obligatsiya – qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasi tomonidan ma’lum summadagi pulni to‘laganligi hamda muayyan vaqtdan keyin unda ko‘rsatilgan (nominal) pulni hamda ma’lum foizlarni qo‘shib qaytarilishini tasdiqlaydi.
Davlatdan moliyalashtirish ko‘p hollarda yuqori samarali investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida, davlatning tashqi aloqalari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish ko‘rinishlarida amalga oshiriladi.
Lizingli moliyalashtirish jihozlar sotib olish uchun berilgan kreditlar bilan o‘xshashlikka ega, biroq lizing mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Lizing vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyatining muhim bir turi hisoblanadi. Bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling