Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili


TMK – xalkaro tadbirkorlikning nisbatan samarali shakli


Download 168 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1572088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPANIYA

2. TMK – xalkaro tadbirkorlikning nisbatan samarali shakli.
TMK ning dunega tarkalishi va ularning jaxon iktisodiyetiga ta’siri juda yukori. XXI asrning boshiga kelib 500 mingga yakin uz xorijiy filiallarini boshkarayetgan 60 mingdan kup kompanipyalar ruyxatdan utgan. TMKning kul ostida xususiy ishlab chikarish fondlarining taxminan 30 %i, xalkaro savdoning 50 %ga yakini mujassamlangan. Trans milliy korporatsiyalar tomonidan jaxon bozorlaridagi deyarli butunligiga xom-ashe savdosi, shu jumladan bugdoy, kofe, juxori, urmon materiallari, tamaki, temir rudasi jaxon savdosining 90%, mis va boksitning 85%i, choy va kalayning 80%i, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75%i nazorat kilinadi. Ular xissasiga ilm-fan va texnika soxalarida patentlangan va tadbik etilgan barcha yangiliklarning 80%i tugri keladi.
TMKning umumiy valyuta zaxirasi jaxonning barcha markaziy banklarining birkalikdagi zaxirasidan bir necha barobar kup. Xususiy sektorda bulgan pul mikdorining 1-2%ga siljishi istalgan ikkita milliy valyutalarining uzaro poritetini uzgartirishga kodir.
Xalkaro kompaniyalar butun duneni yagona bozor deb karashadi, kupchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar lokomativi bulib katnashadilar va milliy chegaralardan kat’i nazar strategik karorlar kabul kiladilar.
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlar kiymati buyicha birinchi urinda “Royyal Datch SHell” ingliz – golland konserni turar edi. Yirik TMKning birinchi urinda 5ta amerika kompaniyalari, 2ta yapon, 1ta GFR, 1ta shveytsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 yilda dunening nisbatan kudratli 100ta TMKlari ruyxatida 1-marotaba rivojlanayetgan mamlakatlardan chizuvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuyela” lar paydo bulishdi.
Yirik TMKlar kupincha uz faoliyatini ilmiy-texnik tarakkiyetni belgilovchi tez rivojlanayetgan sanoat tarmoklariga karatadi. Ular 90-yillarning oxirida kompaniyaning 100ta yirik TMKlar ruyxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15%idan yukorirogi tugri keladigan elektronika sanoatiga juda faol kizikmokdalar. Bu ruyxatlarda kime kazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yukori urinlarni egallaydi. Mislsiz xajmdagi xalkaro iktisodiy bitmlarni amalga oshira turib, TMKlar ularda

  1. Savdogarlar (tijoratchilar);

  2. Tugri va portfel sarmoyadorlar;

  3. Samarali texnologiyalarni tarkatuvchilar;

  4. Xalkaro mexnat migratsiyasining stimulyatorlari sifatida ishtirok etadi.

Milliy bozorlar orasida alokalarni mustaxkamlagan xolda, TMKlar umumiy boshkaruv ostida butun dune buyicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayenlarini vujudga keltiradi. Ular xar xil dalatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mexnat taksimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan xar bir korxona kelishilgan siyesat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Xar xil TMKlarda bitta yeki undan kup karor kabul kiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan boglik. Xar bir TMKdan bir-biriga boglik korxonalar orasida NIOKR natijalari resurslar va javobgarliklar taksimlanishi kelishib olingan.
TMK faoliyati unumdorligi 3ta manbaga asoslangan:

  1. Xar xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish buyicha mutlok kupchilik patentlarga egalik kilish;

  2. Butun dune buyicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, kulay iklim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan korxonalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;

  3. Internatsional ishlab chikarishni tashkil etishda, xalkaro marketing konsepsiyalaridan foydalanish bilan butun duneda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarishda xalkaro menejment tajribasi;

Moliyaviy jixatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallari tarmogi bilan milliy kompaniyalarga nisbatan kulay xolatda, chunki:
- ular uzining xalkaro kapital tizimiga ega va ularni eng kup foyda keltiruvchi mamlakatga kuchiradilar;
- Sharkdan garbga yunalishi buyicha sutkasiga 24 soat jaxon moliya bozorlari xolati xakida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning sungida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloka orkali jaxon moliya bozoridagi xolatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan utgan 12 soat uchun bozordagi vokealar va vaziyat taxlili xakida ma’lumot oladi. Shunday kilib bitta TMK mikesida tuxtovsiz tartibda NIOKRning ishlab turishi, programmalashtirish va boshkalar tashkil etiladi;
- Kabul kiluvchi mamlkatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion iklimni liberallashtirish darajasidan kelib chikkan xolda investitsion risklarni uz filiallari orasida taksimlaydilar. Shunday kilib, kabul kiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda kuchmas mulk sotib olishi uchun kulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish xam kabul kilayetgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
- Xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlarda milliy va xalkaro moliyaviy institutlardan karzga olingan mablaglardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy rakobat ustunliklaridan biri bulib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan utkaziladigan NIOKR natijalaridan foydalanish xisoblanadi. Dunedagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun tulovlarning 70%ga yakini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar NIOKR utkazish xarajatlarini kamaytirish maksadida uz izlanish markazlarini kuprok kabul kilayetgan mamlakatlarga kuchirishmokda.
Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadkikotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bulsa, XX asrning oxiriga kelib xalkaro texnologiyalar ayirboshlash xajmi kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-izlanish ishlari va konstruktorlik tadkikotlarni minimal xarajatlar bilan utkazish uchun resurs va ilmiy potensialga ega bulgan mamlakatlarda urnashmokdalar.
NIOKR utkazish uchun TMKlar ishlab chikarish infrastrukturasiga ega bulgan, universitetlar va milliy izlanish markazlari faoliyat kursatayetgan, olimlarning maoshi unchalik katta bulmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan kabul kiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashkari, TMK izlanish markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omil bulib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasida alokalarning yaxshi urnatilganligi, kabul kilayetgan mamlakat xukumati tomonidan milliy NIOKRlarni kullab kuvvatlanishi va intellektual mulkni kuriklashning mustaxkam xukukiy asosi xisoblanadi.
90-yillarda nafakat rivojlangan, balki rivojlanayetgan mamlakatlarda xam, TMKlar bajonidil uz izlanish markazlarini joylashtirayetgan ilmiy va texnologik parklar keng tarkaldi. Bunday parklarning muvafakkiyatli faoliyati uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun kulay sharoitlarga ega bazaviy ilmiy va ukuv markazi joylashishi, shuningdek u yerda ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bulishi zarur.
TMK korxonasi samarali faoliyat yuritishi asosiy manbalaridan biriga, resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini kullagan xolda, bosh kompaniya uyushtiradigan internatsional ishlab chikarishni kiritish lozim. Bu xolatda xalkaro kompaniyaning ishlab chikarish kuvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofik xar xil mamlakatlarda joylashadi. Jaxon bozori extiyejlarini kondirish uchun xalkaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi kooperatsion alokalarni ishlatadilar. Bunda xalkaro iktisodiy munosabatlarning xar xil shakllari kombinatsiyasi kullaniladi. Kupincha, tashki savdo tugri xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari maxsulotlarini olib chikish xisobiga eksport amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalkaro ishlab chikarish kapital, texnologik jarayenlar, malakali xodimlar migratsiyasi va savdo tarmogini davlat chegaralari orkali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda maxsulot chikarishni uzida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalkaro ishlab chikarishning boshkaruv kuroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chikarish xarajatlariga, nisbatan yukori bulgan sifat va xilma-xil assortimentga ega maxsulotlar ishlab chikarishni ta’minlovchi global menejment. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining rakobatbardoshlik ustunligi namoyen buladi.
Xalkaro korxonalar ishlash tajribasi ishlab chikarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini kursatadi (2.rasm):

  1. Gorizontal

  2. Vertikal

  3. Diversifikatsion

Gorizontal integratsiya sotish bozori xajmini kupaytirish, sanoat kulamini kengaytirish va kuvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir kabul kilayetgan mamlakatda maxsulotga bulgan talab kiskarganda xalkaro kompaniya bu maxsulotga bulgan talab saklangan yeki kengaygan boshka mamlakatdagi uz korxonasiga resurslarni utkazadi. Xalkaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshka undan mustakil firmalarga eksport xajmi sifatida aniklanishi mumkin.
TMK mikyosida sanoatning vertikal integratsiyasi xar xil mamlakatlarda ishlab chikarish jarayenini: bir mamlakatda xom ashyo kazib olish, boshka mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor maxsulot yoki tuldiruvchi detallar ishlab chikarish, uchinchi mamlakatda tayyor maxsulot yigishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalkaro ishlab chikarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga karamlikni kiskartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar xaridorlari extiyojlarini kondirishga butun e’tiborni karatish, butun texnologik sikl uchun umumiy reja buyicha turli mamlakatlardagi ishlab chikarish kuvvatlarini modernizatsiya kilish, bosh kompaniya xoxishiga kura aloxida ishlab chikarish operatsiyalarida texnik darajani oshirish imkonini kuzda tutadi.
Tayyor maxsulot yigishning tarkibiy kismlar ishlab chikarish va NIOKRdan xududiy ajratilishi vertikal integratsiya buyicha xalkaro ishlab chikarishni yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil kilishga, ya’ni ishlab chikarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi kismlar bilan ta’minlash tizimida alokalar va boglanishlarni yulga kuyish va takomillashtirishga, ishlab chikarishning uzini optimallashtirish va tayyor maxsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jixatdan boglab kuyadi. Ishlab chikarishning xalkaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshka mamlakatlardagi filiallariga eksporti xajmini xisoblash yuli bilan aniklanishi mumkin.
Ishlab chikarishni diversifikatsiyalash – bu turli kabul kiluvchi mamlakatlarda rang-barang maxsulotlarni ishlab chikarish. Ma’lum bir maxsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chikarishni yulga kuyish shu tovarni eksport kilishdan kura maksadga muvofikligi kabul kiluvchi mamlakatda bu maxsulot uchun import poshlinasi mikdori bilan aniklanadi. Yukori import poshlinasi va usayotgan talab vaziyatida xalkaro kompaniya shu maxsulot eksporti urniga uni importyor mamlakatda ishlab chikarish xakida karor kabul kilishi mumkin. Bundan tashkari bir turdagi maxsulotni bu mamlakatda boshka turdagisini boshka mamlakatda ishlab chikarishni yulga kuyish xalkaro kompaniyaga uzini boshka mamlakatlarda boshka maxsulot mustaxkam talabga egaligi va yangi bozorda urnashish buyicha muvaffakkiyatsizligi xolatida kompaniya uz yukotishlarini xar xil mamlakatlardagi boshka tovarlarni chikarish va sotishni oshirish xisobiga koplashi mumkinligi bilan sugurtalagan xolda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.



Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling