Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili
Milliy kompaniyaning xalkaro kompaniya statusiga utish evolyutsiyasi
Download 168 Kb.
|
KOMPANIYA
1.Milliy kompaniyaning xalkaro kompaniya statusiga utish evolyutsiyasi.
Milliy kompaniyalarning xalkaro kompaniyalar statusiga utishi uchun uchta asosiy stimulni ajratib kursatish mumkin: 1.Tovarooborotning va shu bilan birga daromadning usishi. Bunda kompaniya ishlab chikarish kuvvatlarini kuchaytirish va masshtab effektini ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashkari u tavakkalni kamaytirish uchun xorijiy xamkorlar bilan bulgan alokalardan foydalanishi mumkin. 2.Kabul kilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan arzonligi xisobiga ishlab chikarish va sotish xarajatlarini kamayishi. Bundan tashkari, maxalliy korxonalar bilan kushma korxonalar tuzish yuli bilan savdo-sotik bozorini vayangi samarali texnologiyalarga erishish imkoniyatlarini kengaytirish. Kabul kilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, savdo kanallari va infrastrukturasidan foydalanish. Kupchilik xalkaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy korporatsiyalarga utish yulida ularning tashki iktisodiy faoliyatining muayyan ketma-ketligi odatiy xol bulib koldi (1. rasm). Birinchi boskich - bir martalik eksport-import bitimlarida aks etuvchi, turli davlatlardan bulgan xamkorlar orasidagi shartnoma munosabatlari. Bu boskichda xamkorlar xali yetarli darajada bir-birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat potensiali va ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar. Ikkinchi boskich yulida xar xil davlatlardan bulgan xamkorlar orasidagi munosabatlarning keyingi kengayishi va chukurlashuvining kursatkichi bulib ikki yil va undan ortik muddatga bulgan uzok muddatli kontraktlarni tuzish xizmat kilishi mumkin. Bir kator xollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib chikilishi, asbob-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni utkazilishi, shuningdek ilmiy-texnikaviy xamkorlikni kuzda tutadi. Uzok muddatli kontraktlar sifati sotib oluvchiga ayon bulgan tovarlar va xizmatlarning savdo bozorlari barkarorligini ta’minlash nuktai nazaridan eksporter uchun jalb etuvchandir. Bundan tashkari eksporterlar transport kompaniyalari bilan uzok muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yuli bilan transport xarajatlarini kiskartirish xisobiga uz mablaglarini tejaydilar. Bularning xammasi reklama,xaridorlar kidirish, kup sonli bir martalik kontraktlarni tayyorlash xarajatlarisiz tijorat xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Importerlar uchun uzok muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bulgan va uzini yaxshi tomondan tavsiya kilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishi barkarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari import kilingan xolatda importerlar eksporterlarga kapitalni ssudaga berish, sungra esa ma’lum darajadagi foizlar bilan uzok muddat mobaynida uzining yokilgi-xomashyo materiallariga bulgan talablarini barkaror ta’minlash uchun, uni maxsulot shaklida kaytarish imkoniyatiga egadir. Xamkorlikning keyingi boskichi - bu tugridan-tugri xorijiy investitsiyalar, litsenziyaviy kelishuvlar, konsorsiumlar (ma’lum bir maksadlarni amalga oshirish, kupincha tashki bozorga birgalikda kirish uchun uzaro konfidensial kelishuvlar bilan boglangan xamkor-ishtirokchilarning vaktinchalik birlashuvi)dir. Bu boskichda xar xil mamlakatlardan bulgan xamkorlar bir-birlariga baxo berishgan, bir-birlarining ishonchliligiga va ish yuzasidan shartnomalarni tuzishni davom ettirishning maksadga muvofikligiga ishonch xosil kilishgan. O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000 y. 473-sonli «Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibi to‘g‘risida» +aroriga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash quyidagi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari zimmasiga yuklangan: - tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy xamkorlik, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro ximoya qilish xamda texnik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha – Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi; - Investitsiya va valyuta-moliya xamkorligi masalalari bo‘yicha - Moliya vazirligi, Tashєi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi; - Soliq solish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi xamkorlik masalalari bo‘yicha - Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi; - Davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘yicha - Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi; - Ilmiy-texnikaviy xamkorlik, shuningdek xuquqiy muxofaza va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo‘yicha - Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Adliya vazirligi Litsenzion bitimlarning imzolanishi, texnologiyalar bilan almashinuv, xalkaro ilmiy-texnik kooperatsiya bir birlarining sanoat, tijorat, tadkikot potensiallaridan tulikrok foydalanish imkonini beradi. Bunda litsenzion bitimlar texnologiyalar bilan almashinish, barter va kompensatsiya bitimlari uchun qurol sifatida keng ishlatiladi. Uchinchi davlatlar bozorlarida konsorsium tarkibida birgalikda uz tovar va xizmatlari bilan ishtirok etish xamkorlarga turli buyumlar va komplekt uskunalarning birmuncha keng assortimentini taklif etish, risklarni uzaro taksimlash, yangi bozorlarni uzlashtirish buyicha, texnologiyalar va nou-xaular bilan uzaro almashuv buyicha imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek moliyaviy resurslarni birlashtirish xisobiga uz faoliyati uchun zaruriy moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi. Kupincha konsorsiumlarga yakka uzi tashki bozorga chikish imkoniyatiga ega bulmagan yoki eksport sanoati uchun zarur uskunalar bilan jixozlanmagan, katta bulmagan kompaniyalar birlashadi. Bu muammolarni ular birgalikda tashki iktisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun mamlakat ichki bozorida uziga uxshash kompaniyalar uz kuchi va resurslarini birlashtirish yuli bilan xal etadilar. Ba’zan uz tovarlari sotilishi uchun birlashgan martketing guruxini tuzadilar. Meva, gusht, sut maxsulotlari savdosi buyicha agrar sektor korxonalari uyushmalari eng keng tarkalgan. Uchinchi boskich - bu kushma korxonalardir(KK). Ular xar xil davlatlardan bulgan xamkorlarni amal kilayotgan sanoat yoki tijorat korxonalariga ega bulgan xamkor mamlakatida, zarur bulgan binolarni kurish va ularda uskunalarni urnatishlarsiz, darrov birgalikdagi faoliyatini boshlashi mumkinligi bilan jalb etadi. Lekin, kushma xalkaro tabbirkorlikning kupchilik ustunliklari va ochilayotgan imkoniyatlariga karamasdan xamkorlar uz mustakilligining bir kismini yukotadi va barcha xatti-xarakatlarini bir birlari bilan kelishib amalga oshirishlariga tugri keladi. Bu esa karor kabul kilish jarayonini kiyinlashtiradi va chuzib yuboradi. Bundan tashkari kushma korxona xalkaro xamkorlikning vaktinchalik shakli. Kushma tadbirkorlik soxasida ish yurituvchi konsultatsion firmalar izlanishlari kushma korxona faoliyatining urtacha muddati turt yil ekanligini kursatadi. Kushma korxonalar faoliyati jarayonida odatda bir xamkor nisbatan kuchlirok bulib boradi va kuchsizini yutib boradi. Lekin rasmiy xujjatlarda “yutib yuborish” emas, balki “firmalar kushilishi” ta’rifi kullaniladi, chunki bunday ibora kuchsiz firmalarning gururini kamsitishi mumkin. Bir kator konsultatsion firmalar fikriga kura kompaniyalarning birlashuvini sanoatdan emas, balki injiniring, marketing va tijorat operatsiyalaridan boshlash maksadga muvofik. Bunda bu soxalar kushilishining samaradorligi sanoat kuvvatlari kushilishi samaradorligi kushilishidan ikki barobar oshishi mumkin. Firmalar kushilishi xakidagi karor oylab davom etadigan puxta xisob-kitoblar va muzokaralardan sung kabul kilinadi. Birlashishni uzaro kelishib olish kuyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi: 1.Xarakatlarning strategik rejasini aniklash. 2.Raxbariyatdagi urinlarning muvozanatli taksimotini, shtab-kvartira va NIOKR markazlarining kayerda joylashishini aniklash bilan boshkaruv tizimini uzaro kelishib olish. Yagona kompaniyaga birlashayotgan xamkorlarning aktivlarini baxolash. 4. Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan kushilishni kelishib olish. Firmalar kushilishining muvaffakiyatli kursatkichi bulib ishlab chikarish va tijorat operatsiyalari xajmining 10-20 %ga usishi, maxsulot ishlab chikarish va sotish xarajatlarining 10-20%ga kamayishi xisoblanadi. Xar xil davlatlardan bulgan xamkorlarning yagona kompaniyaga birlashish natijasi - bu TMK ning shakllanishidir. Kompaniyaning trans milliylashtirish darajasi trans milliylashtirish indeksi bilan xarakterlanadi. I q (XA/UA + XC/US + XSH/USH) : 3 Bu yerda I- trans milliylashtirish indeksi; XA – xorijiy aktivlar; UA – umumiy aktivlar; XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi xajmi; US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi xajmi; XSH – xorijiy shtat; USH – umumiy shtat; Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling