Tarbiya dialektikasi ma’lum tarixiy sharoitlarda o’ziga xos vazifa, maqsad, mazmun, shakllarga ega. Jamiyat tuzumi, mafkurasi o’zgarib borishi bilan ular ham o’zgarib boradi: quldorlik, feodal, kapitalizm tuzumlaridagi o’zgarishlar shu jumladandir. - Tarbiya dialektikasi ma’lum tarixiy sharoitlarda o’ziga xos vazifa, maqsad, mazmun, shakllarga ega. Jamiyat tuzumi, mafkurasi o’zgarib borishi bilan ular ham o’zgarib boradi: quldorlik, feodal, kapitalizm tuzumlaridagi o’zgarishlar shu jumladandir.
- Komparativistik pedagogika fani turli davr va tuzumlardagi mamlakatlar xalq ta’limi tuzilishi, ulardagi ta’lim-tarbiya shakllari va mazmunini Komparativistik o’rganib, ilg’or jihatlarini amaliyotga tavsiya etadi. Uning maqsadi jahon mamlakatlarida tarkib topgan xalq ta’limi tizimlarini o’rganish, vazifasi esa ularning progressiv jihatlarini pedagogik amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Qadimgi sivilizatsiyalardagi maktab va tarbiya genezisi, ularning umumiyligi va o‘ziga xos xususiyatlari. - Qadimgi sivilizatsiyalardagi maktab va tarbiya genezisi, ularning umumiyligi va o‘ziga xos xususiyatlari.
- Yunonistonda, (Qadimgi gretsiya) miloddan avvalgi V asrlarda bolalar guruh-guruh bo’lib o‘qitila boshlangan. Sparta va Afina davlatlarida ta’lim va tarbiya o‘ziga xos tartibda amalga oshirilgan.
Spartada Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldorlarni etkazishdan iborat edi. - Spartada Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldorlarni etkazishdan iborat edi.
- Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin “agella” deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular “pedonom” rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga o’rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
- Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar
- “Kreptiyalar”da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illatni (qulni) o’ldirar edilar.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |