Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi
Download 2.79 Mb.
|
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)
8-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Apparatlarning gidravlik hisoblari Apparatlarning gidravlik hisoblari Gidravlik hisoblarni bajarishdan asosan ikkita maqsad ko`zlangan: - apparatni texnologik tizim tarkibiga kiritilishi tufayli paydo bo`ladigan qo`shimcha gidravlik qarshilik qiymatini aniqlash; - suyuqlikni apparat va uning quvurlari bo`ylab haydash uchun zarur bo`lgan quvvatni aniqlash. Texnologik apparatlar va quvurlarning gidravlik qarshiliklarini hisoblash natijalariga ko`ra nasos tanlanadi. Quvurlardan xaydalayotgan suyuqlik bosimining bir qismi ichki ishqalanish kuchlari qarshiligini DRi va mahalliy qarshiliklarni DRm yengish uchun sarflanadi: DR=DRi + DRm (2.74) bu yerda: DR - suyuqlik bosimining (naporing) yo`qotilishi, Pa. Suyuqlikning harakatlanishi paytida ichki ishqalanish kuchlari quvur va kanallarning butun uzunligi bo`ylab mavjud bo`ladi, ularning qiymati esa oqim rejimiga bog`liq. Oqim rejimi Re kriteriyasiga, bu esa o`z navbatida suyuqlikning qovushqoqligiga bog`liq bo`ladi. Ishqalanish kuchlarini yengish uchun sarflanadigan bosimning yo`qotilishi quyidagi tenglama bo`yicha hisoblanadi: DRi=l (v·2r/2)(L/de) (2.75) bu yerda: l - ichki ishqalanish koeffitsienti; v - suyuqlik oqimining o`rtacha tezligi, m/s; r - suyuqlikning zichligi, kg/m3; L - quvur yoki kanal uzunligi, m; de - quvur yoki kanalning ekvivalent diametri, m. l koeffitsienti qiymati quvur devorining g`adir-budurligi D baland-ligi va oqim rejimiga Re bog`liq bo`lib, quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanishi mumkin To`g`ri va gidravlik jihatidan silliq (masalan, shisha) quvurlardagi laminar oqim rejimi (Re < 2300) uchun l=A/64 (2.76) bu yerda: A - quvurning ko`ndalang kesimi yuzasining shakl koeffitsienti, masalan, dumaloq quvurlar uchun A=64, kvadrat shak-lidagi kanallar uchun A=57, b kenglikdagi halqasimon kesim yuzasi uchun esa A=53, de=0,58 b . Agar gidravlik jihatdan silliq quvurlardagi suyuqlik oqimi turbu-lent bo`lsa (Re=4, 103 ... 104): DRi=(0,3164/ )(L/de)(r ·v2 /2), (2.77) yoki l=0,3164/ . (2.78) Po`lat yoki cho`yan trubalar devorlarining yuzasi mikroskopik notekisliklarga D (g`adir-budurlikka) ega bo`ladi. Bunday truba devorining nisbiy notekisligi D=K/de (2.79) bu yerda: K-quvurning absolyut notekisligi, masalan, yangi quvurlar uchun K= 0,06 ... 0,1 mm; agar ular ishlatilgan bo`lsa K= 0,1 ... 0,2 mm. D- qiymatlari jadvallardan olinadi. Devor yuzasi notekis bo`lgan trubalar uchun l qiymati quyidagi tenglama bo`yicha hisoblanadi:
Agar turbulent oqim uchun Re <105 bo`lsa, l qiymatini quyidagi tenglamadan hisoblash tavsiya etiladi: l =1/(0,78 ·ln· Re -1,5) ·2 (2.81) Re > 105 bo`lganda turbulent rejim o`ta rivojlangan bo`lib, l qiymati Re mezoniga bog`liq bo`lmay qoladi (avtomodel rejimi). Ushbu holat uchun l qiymati quyidagi tenglamadan aniqlanadi: l =1/(0,87·ln·3,7/D)·2 (2.82) Apparat trubalaridan oqib o`tayotgan suyuqlik harorati truba devo-rining haroratiga nisbatan o`zgaruvchan bo`lganligi sababli tenglama-larning o`ng tomonidagi ifodani o`lchamsiz kx koeffitsientiga ko`pay-tirish kerak: - laminar oqim uchun kx=(prd/pr) ·1/3· [1 + 0,22 · (Gr ·pr ·Re·0,15)], (2.83) - texnik jihatdan silliq trubalardagi turbulent oqim uchun kx=(prd/pr) ·1/3. (2.84) Gazlar va suv bug`i haroratlarining o`zgarishi pr mezoni qiymatiga deyarli ta’sir etmaydi. Shu sababdan gaz muhitlari uchun kx=1. Ayrim texnologik apparatlarda ishqalanish kuchlarini yengish uchun sarflanadigan bosimning yo`qotilishi quyidagi tenglamalar yordamida hisoblanishi mumkin: Kojux trubali apparatlarning trubalarida harakatlanayotgan suyuq-lik bosimini yo`qotilishi DRm= , (2.85) bu yerda: l - issiqlik uzatuvchi bitta trubaning uzunligi, m; n - trubalarning umumiy soni. Zmeeviklarda harakatlanayotgan suyuqlik bosimini yo`qotilishi de Dz DRzm=DRm·y = (1+3.54 ), (2.86) bu yerda: y- uzatish koeffitsienti; Dz - zmeevik o`ramlarining diametri, m; de - zmeevik trubasining diametri, m; L - zmeevikning uzunligi, m. Plastinkali apparatlar uchun
bu yerda: Lk va de - plastinalar oralig`idagi kanalning uzunligi va ekvivalent diametri; w=V/(f m) - suyuqlikning tezligi, m/s; V - suyuqlikning hajmiy sarfi, m3/s; f - kanalning kesim yuzasi, m2; m - paketdagi kanallar soni; Zn - ketma-ket ulanadigan kanallar yoki seksiyalardagi paketlar soni. Texnologik quvurlarga o`rnatiladigan kran va jo`mraklar, quvur-larning yo`nalishini o`zgartiruvchi tirsaklar, quvurlarni kengaygan yoki toraygan qismlari mahalliy qarshiliklar deb yuritiladi. Suyuqlikning bunday qarshiliklardan oqib o`tishi paytida oqim yo`na-lishi va tezligi o`zgaradi. Bu paytda DRi dan tashqari, qo`shimcha ra-vishda, bosim yo`qotilishi DRm kuzatiladi. Oqim yo`nalishini o`zgarishi paytida inersiya kuchlari ta’siri tufayli uyurmalar hosil bo`ladi. Mahalliy qarshiliklarni yengish uchun sarflanadigan bosim (napor) qiymati quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin: DRm = ji·r·v2 /2 (2.88) bu yerda: ji - mahalliy qarshilik koeffitsienti. Mahalliy qarshiliklarni xar bir turi uchun ji qiymati maxsus ma’lu-motnomalarda keltiriladi, masalan (2.1-jadval), 900 li tirsak (R= 4d) uchun j=1,0; dy=50 bo`lgan jo`mrakni to`liq ochiq holati uchun j=4,6 va h.k. Shunday qilib, ichki ishqalanish va mahalliy qarshiliklarni yengish uchun sarflangan bosimning umumiy qiymati yoki texnologik quvurning to`liq gidravlik qarshiligi Dp=DRi + DRm=0,5·v2·r· (l·L/de + åji) (2.89) 105> Download 2.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling