Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi
-jadval Elektrotelferning texnik ko`rsatkichlari
Download 2.79 Mb.
|
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jihozlari va apparatlariga qo`yiladigan asosiy konstruktiv talablar
5.5-jadval
Elektrotelferning texnik ko`rsatkichlari
17-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ishlab chiqarish jihozlari va apparatlariga qo`yiladigan asosiy konstruktiv talablar va Jihozlarni funksional texnologik asoslari bo`yicha guruhlarga bo`lish Ishlab chiqarish jihozlari va apparatlariga qo`yiladigan asosiy konstruktiv talablar Mashina va jihozlarni ishlab chiqarishda: a) ishlab chiqarish jihozlari va apparatlari yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega bo`lishi kerak, demak jihoz yoki apparatning bir parametrlarning ish unumdorlikka nisbatining ko`rsatkichiga aytiladi. Masalan: og`irligi, gabarit o`lchamlari, jihoz egallaydigan yuza sirti, elektr energiya suv va bug` sarflanishi, ishlatish va ta’mirlash bilan bog`liq harajatlar, jihozning bahosi va boshqa ko`rsatkichlari parametr hisoblanadi. b) jihozlar progressiv-texnologiya talablarini qondirish kerak. Yangi yoki ishlayotgan jihozlarni takomillashtirshda texnologik jarayon asosida tayyorlanadi. Bu jihozlarda xom ashyoning isrof miqdori juda kam bo`lishiga intilish kerak. v) mashinalarning konstruksiyalari mexanikaviy tomonidan ishonchli bo`lishi kerak, mustahkam barqaror va uzoq muddat ishlaydigan. g) ishlov beruvchi qismlarning qaysi materialdan tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Tanlangan materialimiz ishlov berayotgan mahsulotlarimiz va muhitimiz ta’siri ostida chidamli bo`lishi kerak. Bundan tashqari ishchi qismlarning tayyorlagan materialimizning yemirilish darajasi juda kichik bo`lishi kerak hamda mahsulotimizning sifat ko`rsatktchini saqlashga ega bo`lishi shart. d) jihozlar konstruksiyasi maqbul texnologik jarayon talablarini hisobga olib tayyorlanishi kerak. Buning uchun yangi mashina va jihozlar yaratganda asosan ikkita muhim vazifani hisobga olgan darajada yechiladi: yuqori ish unumdorligini va uzoq muddat ishlashini ta’minlash va tayyorlanayotganda ta’mirlash hamda ishlatishda maksimal iqtisodiy yutuqlarga erishishdir. e) ishlab chiqarishda ba’zi bir jarayonlarni jadallashtirish jihozlarining ishlov beruvchi qismlarini katta tezlikda aylantirishga sabab bo`ladi, shuning uchun aylanma harakatda bo`ladigan qismlar statik va dinamik tomondan muqarrar bo`lishi kerak. Tez aylanuvchi qism va detallar muqarrar bo`lmasa tayanchlar va inshootlarda tebra-nish hosil bo`ladi, podshipniklarda yeyilish, energiya harajatlari, ish unumdorligining pasaytirilishiga, ta’mirlash ishlarini ko`p harajat bo`lishiga olib keladi. z) kinematik uzatish zanjirlarning kamaytirish, avtomatlashtirish, texnika xavfsizligiga va atrof-muhitni muhofaza qilishni, ishlab chiqarish tezligini tovushning pasaytirishini va boshqa talablarning jihoz konstruksiyasini ta’minlashi kerak. Download 2.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling