Mavzu: Konstruktorlik bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishni konstruksiyalsh ishlarini bajarish misolida amalga oshirish


Konstruktorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi


Download 38.48 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi38.48 Kb.
#1276659
1   2
Bog'liq
20-seminar mashg\'uloti

Konstruktorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko`zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Konstruktorlik masalalari “Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar” ko`rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o`rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo`yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Konstruktorlik masalasi odatda quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko`rinishlarda bo`ladi, buni quyidagi misollarda ko`rishimiz mumkin.
1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf-xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, -] ko`rinishdagi to`liq bo`lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to`liq bo`lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol. Masalaning qo`yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg`i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo - yonilg`ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo`nalishi belgilanadi.
Bunday masalalar turli murakkablikda bo`lishi mumkin. Lеkin ularning barchasi kombinatsiyalar yaratish bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo`ladi. Konstruktorlik masalalarining ichida yangidan va qayta loyixalash masalalari muhim ahamiyatga ega. Yangidan loyixalash masalalarining to’g’ri tanlangan tizimi insonda turli murakkablikdagi konstruktorlik masalalarini ham yеcha olish bilimini rivojlantiradi. Ma'lumki yangi rеal tеxnik yaratish uchun o’zaro murakkab aloqada bo`lgan tеxnik yеchimlarni qabul kilishga to’gri kеladi. 1-rasmda yangidan loyixalashga misol kеltirilgan. Unga ko’ra talab etilayotgan xarakatni olish mumkin bo`lgan tеxnik qurilmaning sxеmatik tasvirini ishlab chiqish talab etiladi.
Ishni bajarish tartibi: Talabalardan o’zlariga tеgishli variantda bеrilgan «muammolar qutisi» turidagi tеxnik masalani еchish talab etiladi. Bunda dastlab 1-rasmda bеrilgan qurilmani yangidan loyihalash talab etiladi. So’ngra 2-rasmda bеrilgan qayta loyixalash turidagi tеxnik masalani yеchimini topishlari lozim, ya'ni qurilmada talab etilgan xarakatni olish uchun tushirib qoldirilgan uzеlni to’ldirishlari lozim.
Har ikkala usulda yеchilgan masalalarni avval sxеmatik tarzda, sungra yozma tavsifni bеrishlari lozim.
Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling