Mavzu: Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Afzallik va kamchiliklari. Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasi. Reja
Download 256.95 Kb.
|
Elektr mustaqil ish 1
Kontaktli o‘t oldirish tizimi.
Kontaktli o‘t oldirish tizimi asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: Tok manbai - akkumulatorlar batareyasi va generator. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida va generator ishlab chiqayotgan kuchlanish nominal qiymatdan (12V) kam bo‘lganda, o‘t oldirish tizimining tok manbai vazifasini akkumulatorlar batareyasi, qolgan hollarda generator bajaradi. O‘t oldirish g‘altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14V), o‘t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslariga (12000-24000V) aylantirib beradi. Uzgich-taqsimlagich. Uzgich-taqsimlagich bir o‘qqa o‘tkazilgan ikki mexanizm - uzgich va taqsimlagichdan iborat. Uzgich, zarur daqiqada past kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, taqsimlagich - o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslarini, ishlash tartibiga mos ravishda o‘t oldirish shamlariga etkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich - taqsimlagichga o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga mos ravishda o‘zgartiruvchi asboblar - markazdan qochma va vakuum rostlagichlar, hamda oktan-korrektor o‘rnashtirilgan. O‘t oldirish shamlari. O‘t oldirish shamlari dvigatel silindrlarining yonish kamerasida uchqunli razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi. Kontaktli o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi 1 – akkumulatorlarlar batareyasi; 2 - o‘t oldirish kaliti; 3 - o‘t oldirish g‘altagi; 4 – uzgich-taqsimlagich; 5 - kondensator; 6 - o‘t oldirish shamlari O‘t oldirish g‘altagi tok manbaining past kuchlanishini yuqori kuch-lanishga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. O‘t oldirish g‘altagi o‘zak 2, mis simdan o‘ralgan birlamchi va ikki-lamchi chulg‘amlardan tashkil top-gan. Birlamchi chulg‘am ko‘rsatkichlari: o‘ramlar soni – 180…330, sim diametri – 0,52…0,86 mm Ikkilamchi chulg‘am ko‘rsatkichlari: o‘ramlar soni 17000…26000, sim diametri – 0,07…0,1 mm. Download 256.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling