Mavzu: Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Afzallik va kamchiliklari. Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasi. Reja
O‘t oldirish tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 256.95 Kb.
|
Elektr mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘t oldirish daqiqasi.
O‘t oldirish tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Ichki yonuv dvigatellarining ishlash sharoitlariga ko‘ra, o‘t oldirish sistemalari quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: dvigatelning hamma ish rejimlarida o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o‘tish uchun etarli bo‘lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish; o‘t oldirish shami elektrodlari orasida hosil bo‘ladigan uchqun dvigatelni ishga tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun etarli energiyaga ega bo‘lishi; ishchi aralashma aniq belgilangan daqiqada o‘t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlanish ; dvigatelni me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o‘rin tutganligi sababli, o‘t oldirish tizimining hamma qismlari yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘lishi ; o‘t oldirish shami elektrodlarining emirilish darajasi belgilangan chegarada bo‘lishi. Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, o‘t oldirish tizimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: avj oldiradigan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, Umax ; teshib o‘tish kuchlanishi, Uto ; yuqori kuchlanish bo‘yicha zahira koeffisienti, Kz ; uchqunli razryad parametrlari; o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi ; yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi. O‘t oldirish daqiqasi. Bizga ma’lumki, porshen yuqori chekka nuqta (YUCHN) dan o‘tgandan keyin gaz bosimi mumkin qadar katta bo‘lishini ta’minlash maqsadida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish, siqish taktining oxirida, ya’ni porshen YUCHN ga etib bormasdan amalga oshiriladi. Chunki, yonilg‘i aralashmasining yonish jarayoni bir lahzada sodir bo‘lmasdan, balki ma’lum vaqt (bir necha millisekund) davom etadi. Dvigatelning quvvati, tejamli ishlashi, ishqalanuvchi qismlarini eyilishi va chiqindi gazlarning zaharliligi ko‘p jihatidan sham elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lish, ya’ni o‘t oldirish daqiqasiga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatelning har bir ish rejimi uchun uning eng yaxshi ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi optimal o‘t oldirish daqiqasi mavjud bo‘ladi. U tirsakli valning silindrga uchqun berilgan ondagi holatidan porshen YUCHN ga borgungacha buralgan burchagi bilan ifodalanadi. Bu burchak o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi deb ataladi. Dvigatel silindrlaridagi bosimni, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagiga bog‘liqligi: O‘t oldirishni ilgarilatishni eng manfaatli burchagi ni aylanishlar chastotasi (a) va yuklamaga (b) bog‘liqligi Xulosa Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasining o‘sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi o‘t oldirish tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tuo‘dirdi. Klassik yoki kontaktli o‘t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi tizimlari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprosessorli o‘t oldirish tizimlari shular jumlasidandir. Download 256.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling