Mavzu: Korporativ madaniyat va korporativ nizolar
Download 2 Mb.
|
Korporativ madaniyat va korporativ nizolar MMNP-81 Aripov Sadriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ madaniyatning asosiy tamoyillari
Mavzu: Korporativ madaniyat va korporativ nizolar.Bajardi:Aripov Sadriddin MMNP-81Korporativ madaniyat tashkilotning barcha a'zolari tomonidan birgalikda foydalaniladigan asosiy qadriyatlar, e'tiqodlar, xulosalar,bitimlari va me'yorlar majmuasidir. Korporativ madaniyat– aksiyadorlar, direktorlar kengashi, menejerlar, kompaniya xodimlari va korporatsiyaning boshqa manfaatdor tomonlari: tovar va xizmatlar ta’minotchilari, distribyurlar, sotuvchilar, yakuniy iste’molchilar, mahalliy aholi va hukumat organlari o’rtasida munosabatlar murakkab tizimni tartibga soluvchi jiddiy omildir. Korporativ xulq-atvor kodeksining qabul qilinishi bilan aksiyadorlik jamiyatlari amaliyotida axloqiy me’yorlar va tamoyillar birinchi o’ringa chiqdi.Korporativ madaniyatning asosiy tamoyillari:Professionallik, chuqur bilimga egalik va xabardorlik. Maxfiylik va kasb bilan bog’liq sirlar. Korporatsiya aktivlarini himoya qilish va tegishlicha foydalanish. Korrupsiyaga qarshi kurashish. Amalga oshirilayotgan faoliyatning qonunchilik talablari va boshqa huquqiy me’yorlarga javob berishi. . Biron-bir shaxsning noaxloqiy yoki noqonuniy xulq-atvori haqida kompaniyaning rahbar organlari yoki davlat organlariga xabar berish. 1. To’la ma’lumotga ega bo’lmagan holda, noprofessional qarorlar qabul qilingan hollarda barcha manfatador tomonlarning manfaatlari aziyat chekadi, korporatsiyaga ham, korporativ munosabatlarning barcha qatnashchilariga ham zarar yetkaziladi. 2. Maxfiylikka rioya qilish faqat halol va qonun-qoidalarga rioya qiladigan xulq-atvor haqidagi axborotni sir saqlashni anglatadi. 3. Kompaniya direktorlari va top-menejerlari kompaniya aktivlarini suiiste’mol qilmaslik va ulardan tegishlicha foydalanish bo’yicha barcha harakatlarni qo’llash borasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan axloqiy majburiyatni zimmasiga olishi kerak. Ko’rsatilgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va direktorlar kengashining ma’qullashisiz amalga oshirish kompaniya mulkdorlari (aksiyadorlari) uchun jiddiy zarar keltirishi, korporatsiyaning o’zini esa bankrot yoqasiga olib kelishi mumkin.Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling