4. Jahon iqtisodiy amaliyoti shuni ko’rsatadiki, agar davlat raqobat kurashining aniq qoidalarini belgilab qo’ymasa, raqobat obyektiv sabablarga ko’ra qonuniylik doirasidan chetga chiqadi, raqobat kurashida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xarajatlarni minimallashtirish va boshqalar vositasida emas, balki korrupsiya usullarini qo’llagan holda g’olib chiqishga intilish paydo bo’ladi. 5. Agar «Richard Dart piramidasi»ga tayanadigan bo’lsak, axloq qoidalariga rioya qilish biznesning rivojlanish piramidasining birinchi pog’onasiga asoslangan. Qonunchilik talablari va me’yorlariga amal qilmasdan turib, axloq qoilariga rioya qilib bo’lmaydi. 6. Kompaniyaning axloqiy kodekslarida biron-bir shaxsning noaxloqiy yoki noqonuniy xulq-atvori haqida kompaniyaning rahbar organlari yoki davlat organlariga xabar berish tartibi va asoslarini belgilab berish tavsiya etiladi. Tabiiyki bunday xabarlarning ularning mualliflari uchun hech qanday salbiy oqibatlarsiz mustaqil va xolisona ko’rib chiqish jarayoni kafolatlanishi lozim. Korporativ nizolar deganda jamiyat aksiyadorlari o’rtasida,jamiyat aksiyadorlari va menejerlari o’rtasida,investor va jamiyat aksiyadorlari o’rtasida vujudga keladigan kelishmovchiliklar va tortishuvlar tushuniladi.Korporativ munosabatlar subyektlari o’rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi.Korporativ munosabatlar ishtirokchilari korporativ nizolarning subyekti,tomonlarning manfaatlari korporativ nizoning obyekti hisoblanadi. Korporativ nizolar quyidagi oqibatlar natijasida vujudga keladi:
Korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi.
Foydani taqsimlash bilan bog’liq munosabatlar va aksiyadorlarning noroziligi.
Boshqaruv organlari vakolatining muddatdan oldin tugatilishi.
Ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining oldindan tugatilishi.
Aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo’yicha nazoratni qo’lga olishga intilishi.
Aksiyadorlar tarkibida jiddiy o’zgarishlar.
Korporativ nizolar qamroviga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |