Manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bogliq vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun AJ o'z ichiga quyidagilami oluvchi “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to'g'risida”gi nizomni ishlab chiqadi: 1. AJ mansabdor shaxslarining AJ manfaatini ko'zlab faoliyat yuritish majburiyati. 2. AJ mansabdor shaxslarining kuzatuv kengashini manfaatlar qarama-qarshiligi yuzaga kelishi to'g'risida xabardor qilish majburiyati. 3. Kuzatuv kengashining ruxsatisiz AJ mansabdor shaxslarining boshqa yuridik shaxslaming boshqaruv va nazorat organlarida ishtirok etishini ta’qiqlash. Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to'g'risidagi nizom aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Nizomda manfaatlar qarama-qarshiligi vujudga kelishining quyidagi holatlari ко'rib chiqiladi: 1. Majoritar va minoritar aksiyadorlar o'rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi. 2. Boshqaruv organlari va aksiyadorlar o'rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi. 3. Kompaniya boshqaruvi hamda mansabdor shaxslar, xodimlar tomonidan ularga yuklatilgan xizmat vazifasini bajarish vaqtida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |