Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish


-jadval : Xo’jalik yurituvchi subyektning to’lov qobiliyati tahlili


Download 0.53 Mb.
bet4/8
Sana26.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1127085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5406848378048874155

1-jadval : Xo’jalik yurituvchi subyektning to’lov qobiliyati tahlili

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyekti joriy


davrda to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Korxonaning jami to‘lov mablag‘lari
337089 ming so‘m bo‘lgani holda, jami to‘lov qarzlari 163147 ming so‘mni tashkil
qilgan. Bundan ko‘rinadiki korxonada to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari
173942 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Bu esa korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyatiga
ega ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari to‘lov mablag‘lari tarkibiga e’tibor
qiladigan bo‘lsak, uning asosini tayyor mahsulotlar (167464 ming so‘m) hamda
debitorlik qarzlari (148125 ming so‘m) tashkil qilmoqda. Bu shundan dalolat
beradiki, korxona ayni vaqtda tez to‘lov qobiliyatiga ega emas ekan. To‘lov
qarzlarining asosini esa mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzlar hamda boshqa
shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu esa ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda
to‘lab beish lozimligini bildiradi. Korxona ma’muriyati to‘lov qobiliyatini
yaxshilash uchun mavjud tayyor mahsulotlarini sotish choralarini ko‘rishi hamda
debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks
holda, korxonaning to‘lov qobiliyati bundanda yomonlashishi mumkin.

Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagi


ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

· Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.

· Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.

· Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti.

Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida harakatchan
aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi yoki yetishmasliligini;
oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda harakatchan va tez pulga
aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetarliligi yoki
yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha
aylanma aktivlarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki
yetishmasliligini tasniflaydi.

Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik variantlarini ham qo‘llash


lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat boshlamagan korxonalarga kredit
berish yuzasidan qaror qabul qilishda, uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u
bo‘yicha aniqlangan to‘lovga qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli,
markazlashgan kredit resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit
ajratilishi va hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir.

Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti to‘lov qobiliyatining qat’iy me’yori qisqa muddatli


majburiyatlarni darhol mavjud pul mablag‘lari bilan qoplanishidir. Bu ko‘rsatkich
qancha yuqori bo‘lsa, qarzni uzish kafolati shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi
mablag‘ga ega bo‘lib, pul mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini
nazorat qilish orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda
to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining, ya’ni pul
mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli majburiyatlarni
qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz tavsiya etilgan me’yorlarga
yaqin.
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha qismi (zaxiralarsiz)
debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay olishini ifodalaydi. Ushbu
ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat
turi, joriy aktivlarining strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy
ko‘rsatkichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish hajmi va
debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlarga bog‘liq.
Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami mablag‘larda salmoqli ulushga ega
bo‘lishi korxonaning to‘lovga qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni
tahlil etishda debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki
ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni tashkil
etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch keladi. Bizning
misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil boshi va yil oxirida tavsiya
etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona rahbariyati debitorlik qarzlar bilan
ishlashni faollashtirib bu shakldagi oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga
kiritilishini tezlashtirish orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan
hisoblashishni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti:

- joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;

- joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar

(aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;

- joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish

darajasini ifodalaydi.

Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini


xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik
koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir.Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga
nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar
ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi
kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi. Joriy likvidlik
koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha
tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu
ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining
sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va
h.k. larga bog‘liq.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va
yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan
. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish
manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning
darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va
debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan
korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini
aniqlashda foydalaniladi. Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki
marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror
o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot
aktivi» shakllanadi



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling