Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish


-jadval:Korxonaning to’lov layoqati ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi


Download 0.53 Mb.
bet5/8
Sana26.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1127085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5406848378048874155

2-jadval:Korxonaning to’lov layoqati ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi

Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda vujudga keladigan


pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi uzilishlar tufayli vujudga keladigan
xarajatlarni qoplashga sarflanadi.

Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank kreditini


korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida foydalanadilar.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov qobiliyati va
uzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa
muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:

= > Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar

Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar

Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa:

=> Oborot aktivlar = 125152 = 3,4

Majburiyatlar 35772

Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona faoliyati uchun
ijobiy holat hisoblanadi. Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov
majburiyatlarini qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda
qimmatli qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib, to‘lov
qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek, turli aylanma
mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi e’tiborga olinganda, tayyor
mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar va yarim
fabrikatlarning pulga aylantirish tezligini o‘rganish zurur. Bundan tashqari to‘lov
qobiliyatining o‘zgarishida debitorlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi
to‘lov hujjatlarini o‘zvaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga
bog‘liqdir. Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa,
oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisoblanadi, demak,
korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga o‘zining barcha aylanma
mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini
jalb etishi lozim bo‘ladi. Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan
tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan xarajatlar
qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyo trivojlantirish jamg‘armalari
yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita
eskirishi va sof foyda kiradi.

Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum koeffitsiyentini hisoblash


muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi.

Sof foyda + asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiya)


---------------------------------------------------------------------------
sotishdan tushum

Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan korxonalarda o‘ziga


qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va
boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib boorish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi
qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham
a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi
kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda,
albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil
qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi
belgisi hisoblanadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling