Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish
Mol-mulk va mablag‘lar harakatchanligi tahlili
Download 0.53 Mb.
|
2 5406848378048874155
Mol-mulk va mablag‘lar harakatchanligi tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida balans ma’lumotlari asosida korxona aktivlarining holatini o‘rganishda ularning pulga aylanuvchanligiga baho berish tahlilning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday tahlilning zaruriyati bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qattiq moliyaviy cheklanishlarning paydo bo‘lishi va olingan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini o‘z vaqtida hisoblab baho berishda ko‘rinadi. Ayniqsa, to‘lov majburiyatlarining muddati korxona mulki faoliyat natijasida pulga aylanish muddatiga mos kelishi moliyaviy holatni yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, korxona aktivlarining harakatchanligini tahlil qilgan holda qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligi muntazam o‘rganilishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning erkin faoliyat yuritishida bankrotlik holatiga tushish va sinish xavfidan saqlanish maqsadida balans likvidligi tahlili natijalaridan foydalaniladi. Tahlil etish uchun balans aktividagi moddalarni pulga aylanish muddati passividagi moddalarning qarzni uzish muddatlari bilan taqqoslanadi. Bunday taqqoslash natijasiga ko‘ra balans aktividagi moddalarni sotishidan kelgan tushumi korxona qarzlari (majburiyatlari)ni uzishi uchun yetarli bo‘lsa balans likvidlikka ega deb hisoblanadi. Likvidlik deganda, avvalo, mablag‘larning joylanishi, ularning pulga aylanish darajasi, yaqin va uzoq davriylikdagi to‘lov majburiyatlarining oqlanishi, joriy aktivlar va passivlarning o‘zaro farqlanishidagi zaruriy shartlarning saqlanishiga aytiladi. Iqtisodchi olim E.Akramovning fikricha, balans likvidligi bu – balansning aktiv tomonidagi bir davrga borib naqd pulga aylanadigan mablag‘lar bilan shu davrda qaytariladigan majburiyatlarni solishtirish demakdir Pulga aylanish tezligiga qarab, korxona aktivlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Doimiy harakatdagi aktivlar. 2. Tez sotiluvchi aktivlar. 3. Sekin sotiluvchi aktivlar. 4. Qiyin sotiluvchi aktivlar. Doimiy harakatdagi aktivlar guruhiga balansdagi barcha pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, ya’ni qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bunday aktivlar doimo qarz majburiyatlarini to‘lash uchun tayyor turgan mablag‘ hisoblanadi, bu pul mablag‘i ko‘p bo‘lgan korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob- kitoblarni kelishilgan muddatlarda bajarish imkonini beradi. Tez sotiluvchi mulklarga balansning II bo‘lim aktividagi debitor qarzlarni ko‘rsatish mumkin. Bu mablag‘lar ham zurur bo‘lgan hollarda to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Sekin sotiluvchi aktivlarga balansning «Tovar-moddiy zaxiralari» jami tushunilib, naqd pul mablag‘lari yetishmagan hollarda to‘lov majburiyatlarni qoplashga sarflanishi mumkin. Qiyin sotiluvchi guruhlarga esa «Asosiy vositalar va boshqa oborotdan tashqari aktivlar» kiradi. Bu mulk turli ishlab chiqarishda uzoq muddat qatnashib, o‘z qiymatini asta-sekin yaratilayotgan mahsulotlarga o‘tkazib beradi. Shuning uchun ham asosiy vositalarning pulga aylanib, to‘lov vositasi va majburiyatlarni uzishga manba bo‘lishi ko‘p vaqtni talab etadi. Korxona aktivlari, albatta, o‘z va qarz kapitali hisobiga manbalanganligi bois, uning passiv tomoni ham to‘lov majburiyatlarining muddati va shartidan kelib chiqqan holda tarkibiy o‘rganishni talab etadi. Shu ma’noda likvidlik sharti bo‘yicha passivlar quyidagi moddalar bo‘yicha turkumlab chiqiladi: 1. Muddati kelgan to‘lov majburiyatlari. 2. Qisqa muddatli to‘lov majburiyatlari. 3. Uzoq muddatli to‘lov majburiyatlari. 4. Doimiy passivlar. Balansning birinchi guruh to‘lov majburiyatlariga balansning II bo‘lim passividagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar va o‘z vaqtida qaytarilmagan ssudalar kiradi. Qisqa muddatli passivlar guruhiga esa II bo‘lim passivdagi qolgan bandlar, ya’ni bankning qisqa muddatli kreditlari, korxona xizmatchilari uchun bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar kiradi. O‘rta va uzoq muddatli passiv deyilganda uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq muddatli qarz bandlari tushuniladi. Doimiy passivlar guruhiga esa I bo‘lim passividagi barcha bandlar, ya’ni ustav fondi, zaxira jamg‘armasi, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, maqsadli moliyalashtirish va tushumlar, ijara majburiyatlari, ta’sischilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, o‘tgan yil va hisobot yilidagi taqsimlangan foyda kiradi. Mablag‘larning aylanish holatini tahlil qilishda joriy va kelgusi davrda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish zarur. Mablag‘larning joriy harakatchanligi doimiy va tez sotiluvchi aktivlar bilan muddati yetgan to‘lov majburiyatlari va qisqa muddatli passivlarni taqqoslash orqali aniqlanadi. Kelajakda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichi esa sekin sotiluvchi aktivlar bilan o‘rta va uzoq muddatli passivlarni solishtirish orqali o‘rganiladi. Bunda korxonani mo‘ljallangan har xil tushumlari bilan kelajak to‘lovlarini oldindan bashorat qilish mumkin. Korxona balansining likvidlilik darajasiga har xil omillar, korxona aktivlarining, passivlarining tarkibiy o‘zgarib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillarning ta’sirini bilish uchun balans likvidligini tahlil qilishda yana bir guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilar: 1. Umumiy kapitalning chaqqonlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent korxonaning umumiy aylanma aktivlarini uning mol-mulki qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanib, u korxonaning mablag‘lar bilan ta’minlanganligini va o‘z majburiyatlaridan qutulish salohiyatini ko‘rsatadi. Bu quyidagicha aniqlanadi: Tovar-moddiy zaxiralar + pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari ----------------------------------------------------------------------------------- Balans jami 2. Ishlab turgan kapitalning chaqqonlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent korxonaning zaxiralari va xarajatlarini, korxonaning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplovchi o‘zlik mablag‘lar manbalariga bo‘lish bilan aniqlanadi. Bu quyidagi tartibda bo‘ladi: Tovar-moddiy zaxiralar ---------------------------------------------------------------------------------- O‘z mablag‘larining manbalari – Uzoq muddatli aktivlar 3. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti. Bu quyidagicha aniqlanadi: O‘z mablag‘lari manbalari - Uzoq muddatli aktivlar ----------------------------------------------------------------
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling