Aylanma ishlab chiqarish fondlari (mehnat predmetlari) bu:
ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadi, har bir ishlab chiqarish davrida butunlay iste’mol qilinadi, o’z natural shaklini butunlay o’zgartiradi, uning qiymati yetishtirilayotgan mahsulotga to’liq o’tadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi.
Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xomashyo va materiallar zahirasi, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg'i va energetika resurslari, qadoqlash va o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin.
Xomashyo va materiallar. Xomashyo va materiallar. Bular ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi. Xomashyo hali inson ta’siri katta bo‘lmagan, material esa ma’lum darajada qayta ishlovdan o‘tgan moddalar hisoblanadi. Yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar. Chetdan sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Yonilg‘i va energiya. Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya manbalaridan foydalanish mumkin; Ehtiyot qismlar Mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo’llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari. Ular ba’zi bir qayta ishlash bosqichlarini o’tagan bo’lsa-da, hali tayyor mahsulot holiga keltirilmagan bo’ladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish Biron bir sex yoki uchastkada qayta ishlash jarayonini o’tab bo’lmagan mehnat buyumlaridir. Ularga bevosita ish joylari, dastgohlarda qayta ishlash jarayonini o’tayotgan mehnat buyumlari kiradi. - Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |