Mavzu: Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari


Download 136 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi136 Kb.
#1208973
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning ren

Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog’liq. Masalan, mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o`tadigan bo`lsa, u holda rentabellik ko`rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog’liq bo`lib, tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgan loyihalar ba`zida katta foyda keltirishi ham mumkin.
Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog’liq. Masalan, xususiy kapitalning rentabellik ko`rsatkichi surati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo`lgan pul birligida keltiriladi. Ko`rsatkichning surati, ya`ni foyda o`zgaruvchan (dinamik) bo`lib, faoliyat natijalarini hamda tovar va xizmatlarning asosan o`tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks ettiradi. Ko`rsatkichning maxraji, ya`ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy bahodan ancha farq qilishi mumkin bo`lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak, xususiy kapital rentabellik koeffitsientining katta bo`lishi, doim ham korxonaga kiritilayotgan kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bu ko`rsatkichni e`tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi bahosini (bozor kapitalizatsiyasi) ham inobatga olish zarur.
Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko`rsatkichlari keltirilgan.
Ishlab chiqarish rentabelligi:
Ri/ch = (BF/(Ai/chf + Am))*100%

Bunda: Ri/ch - ishlab chiqarish rentabelligi;


BF - balans foyda
Ai/chf - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati;
Am - aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymati.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling