Mavzu: Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari


Download 136 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi136 Kb.
#1208973
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning ren

Tarmoq

2000-y

2005-y

2010-y

2011-y

2012-y

Butun sanoat

33,3

42,1

36,6

34,9

35,9

ulardan elektroenergetika

5,3

27,4

18,6

24,5

25,4

Yoqilg’i sanoati

71,4

105,5

84,2

67,2

89,5

qora metallurgiya

-

-

38,1

39,4

40,6

rangli metallurgiya

-

-

65,8

60,5

57,0

kimyo va neft kimyo

27,1

27,2

26,0

33,5

31,7

mashinasozlik va metallni qayta ishlash

38,2

15,8

21,9

18,7

17,9

O’rmon yog’och va qog’oz sanoati

47,5

42,9

24,6

37,2

22,4

qurilish materiallari sanoati

31,7

47,5

85,1

95,0

92,9

yengil sanoat

17,4

10,8

15,3

12,9

14,9

oziq-ovqat sanoati

26,9

23,9

44,0

43,0

47,8

Rentabellik darajasi ko’rsatkichining yuqori bo’lishi korxona ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxonaning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko’rsatadi.


Rentabellik darajasini ko’tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlami kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlami amalga oshirishlari zarur.


2.Sanoat tarmoqlari korxonalarining rentabelligi va ularni hisoblash usullari.
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellikning ahamiyati va o`rni o`sib bormoqda. Rentabellik korxona faoliyati va kapital qo`yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo`jalik yurituvchi tashkilotlarni baholashning sintetik ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi.
Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo`jalik mexanizmi uchun asos bo`lib korxona faoliyatini rejalashtirish va unga ob`yektiv baho berish, ta`lim olish, mehnatga haq to`lash va iqtisodiy rag’batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko`rsatkichlari xizmat qiladi.
Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko`rsatkichi emas.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko`rsatkichlari tizimi keng qo`llanib, unga ko`ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o`rtasida tenglikning yo`qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko`pincha turli yo`nalishlarda o`lchanishi dalolat beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash ko`plab turli xil omillar ta`siri ostida amalga oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko`rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko`rsatkichlariga ta`sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish zaxiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko`ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo`lgan hamda korxona faoliyatining turli yo`nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo`ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o`sish sur`atiga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko`rsatkichlarini tashqi ta`sirlardan tozalash imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini obyektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. O`z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo`linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bogliq bo`ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o`zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.
Xo`jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda bu omillar o`zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo`ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o`z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko`rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg’otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag’lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardir. Bu ko`rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko`zga tashlanadi: sarflangan har bir so`m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so`m foyda to`g’ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko`ra tahlil qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo`ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling