Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish
Tovar mahsulot material sig‘imi tahlili
Download 96.07 Kb.
|
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejadan og‘ish reja haq.
Tovar mahsulot material sig‘imi tahlili
3-jadval ma’lumotlariga ko’ra, korxona haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishda 1272,7 ming so‘mlik miqdorda materiallar ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ydi. Ushbu ortiqcha sarf bir so‘m mahsulot uchun rejaga nisbatan haqiqatdagi sarf o‘sishi bilan yuzaga kelgan. Sarflarning rejalashtirilgan me’yoriga rioya qilinganda korxona qo‘shimcha ravishda 1958 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishi mumkin edi. Asosiy va ikkinchi darajali kabi turlarga ajratiladigan (paxta tozalash va yog‘ zavodlari, go‘sht kombinatlari va boshqa korxonalar), xomashyoning bir turidan bir necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladigan sanoat tarmoqlarida materiallardan foydalanish tahlilida tadqiqotning boshqa usuli qo‘llaniladi. Bu yerda mahsulot birligiga materiallar sarfi ko‘rsatkichi ishlatilmaydi, balki foydalaniladigan material birligiga mahsulot chiqish me’yorlari foizlarda aniqlanadi. Tahlil haqiqatdagi chiqishlarni normativ bilan taqqoslash usulida olib borildi. Agar asosiy mahsulot chiqishi ortayotgan bo‘lsa, korxona faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin bo‘ladi. Korxonalarning moddiy resurslardan samarali foydalanish va moliyaviy barqarorligiga ko`p ta`sir etadigan omillardan biri - bu korxona aktivlaridan foydalanish darajasi bo`lib, ulardan qanchalik samarali foydalanilsa, korxonalarning foydasi shunchalik yuqori bo`lishiga va korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishiga erishish mumkin. Korxonaning uzoq muddatli aktivlarini tahlil qilishda korxona tarkibidagi asosiy vositalarni o`rganish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Asosiy vositalarni muntazam kengaytirib borish, zamonaviy mashina va uskunalarni joriy qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish qonuniyatlari hisoblanadi. Korxona moddiy-texnika bazasidan foydalanishni yaxshilash mahsulot chiqarish va sotishni ko`paytirish, foyda va rentabellikni oshirishga olib keladi. Bu asosiy vositalar holatini, u bilan ta`minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini puxta tahlil qilishini talab etadi. Tahlilga kirishishdan oldin u yoki bu masalani o`rganishda qaysi ko`rsatkichlarni hisoblab chiqish va qaysilaridan foydalanish kerakligini, ularni aniqlash uslubiyatini o`zlashtirib olish zarur bo`ladi. Tovar ishlab chiqarishning umumiy material sig‘imini yanada chuqurroq tahlil qilish asosida material sarfining qaysi elementlari uning o‘zgarishiga ta’sir qilganligini aniqlaymiz. Sarf elementlari: xomashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, qo‘shimcha materiallar, yoqilg‘i, energiya kesimida material sig‘imining xususiy ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz(4-jadval). 4-jadval Download 96.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling