Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish
Download 96.07 Kb.
|
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH
Mavzu:Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish 1. Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlilining ahamiyati, maqsadi va vazifalari 2. Materiallardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko’rsatgichlar tizimi, axborot manbalari 3. Korxonaning materiallar bilan taminlanganligini tahlil qilish 4. Material resurslardan foydalanishsamaradorligini o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili 5. Materiallar rentabellik darajasini omilli tahlil qilish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Har bir korxonaning faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko'paytirish, qobiliyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish nafaqat xo'jalik iqtisodiyotining, balki mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Turli mulk shaklidagi tashkilotlar o`z faoliyatlarini mustaqil tarzda amalga oshirishlari, ular faoliyatlaridagi mustaqillikni ortishi moddiy resurslardan foydalanish masalasiga turlicha munosabatda bo`lishni yuzaga keltirdi. Korxona va tashkilotlar o`z maqsadidan kelib chiqqan holda turli resurslardan foydalanadilar. Mamlakatimiz va viloyatimizdagi moddiy resurslar cheklangandir. Shu bilan birgalikda mamlakat va viloyat aholisining ehtiyojlari har tomonlama ortib bormoqda. Ortib borayotgan bu ehtiyojni to`laroq qondirib borish uchun har bir birlik resursdan ko`proq mahsulot olish va xizmatlar ko`rsatish lozim. Ushbu masala bugungi kunga kelib yanada dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslardan samarali foydalanish bo`yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish, resurslardan foydalanishning samarali yo`nalishlarini taklif qilish iqtisodiyotdagi dolzarb masalalardan eng muhimiga aylandi va hozirgi vaqtda o`z yechimini kutmoqda. Ma`lumki, respublikamizda o`tkazib borilayotgan islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasini undagi muhim, boshqa tarmoqlar rivojini ta`minlovchi, xalq iste`moli tovarlarini yaratuvchi sohalariga ustuvor ahamiyat berish orqali takomillashtirish bo`lib hisoblanadi. Bunga ko`ra quyidagi vazifalarni hal qilish belgilanadi: - moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanishning nazariy asoslarini o`rganish; - bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moddiy resurslarning korxona faoliyatida tutgan o`rnini yoritib berish; - moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko`rsatkichlar tizimiga tavsif berish; - korxonada moddiy resurslardan foylalanish darajasini tahlil qilish va baholash; - moddiy resurslardan samarali foydalanishning tashkiliy iqtisodiy tadbirlarini tuzish; Хo’jаlik yurituvchi subyektlаr ishlаb chiqаrish fаоliyatlаrini аmаlgа оshirish uchun mа’lum miqdоrdа xom ashyo zаhirаlаrgа egа bo’lishlаri kеrаk. Shu bоisdаn hаm ularni tаhlil qilish eng muhim оbyеktlаrdаn biri hisоblаnаdi. Kоrхоnаlаrning xom ashyo zаhirаlаr bilаn o’z vаqtidа, zаruriy miqdоrdа bеlgilаngаn sifаtdа hаmdа bir mаrоmdа tа’minlаngаnligi, ulаrdаn rаtsiоnаl fоydаlаnish pirоvаrdidа uning iqtisоdiy rivоjlаnishigа vа tаrаqqiy etishi uchun hаr tоmоnlаmа tа’sir etаdi. Оmbоr хo’jаligining аhvоli vа tоvаr-mоddiy zаhirаlаr sаqlаnishini tahlil qilish eng muhim tahliliy аmаllаridаn biri hisоblаnаdi. Kоrхоnа fаоliyatining ushbu sоhаsini hаr tоmоnlаmа o’rgаnish uchun tahlilchi оmbоrlаr, sехlаr vа ishlаb chiqаrish zаhirаlаri sаqlаnаdigаn bоshqа jоylаrni tеkshirаdi. Bundа ishlаb chiqаrish zаhirаlаrini sаqlаsh shаrоitlаri, yong’in хаvfini оldini оlish, оmbоrlаrning qurilmаlаr, tехnikаlаr, аsbоblаr bilаn jihоzlаngаnligi vа ulаrning to’g’ri ishlаtilishi o’rgаnilаdi. Download 96.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling