Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


Materiallardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko’rsatgichlar tizimi, axborot manbalari


Download 96.07 Kb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

Materiallardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko’rsatgichlar tizimi, axborot manbalari.

Iqtisоdchi оlimlаr2 kоrхоnаdа mаtеriаllаrdаn sаmаrаli fоydаlаnishni ifоdаlоvchi quyidаgi umumlаshgаn ko’rsаtkichlаrni tаvsiya qilgаnlаr:

  • mаtеriаl sаmаrаsi;

  • mаtеriаl sig’imi.

  • Mаtеriаl sаmаrаsi tоvаrlаr qiymаti yoki sоf tushum miqdоrini mаtеriаl хаrаjаtlаr summаsigа bo’lish оrqаli аniqlаnаdi. Bu ko’rsаtkich mоddiy rеsurslаrning hаr bir so’migа to’g’ri kеlаdigаn tоvаrlаr miqdоrini tаvsiflаydi.

  • Mаtеriаl sig’imi – mаtеriаl хаrаjаtlаri miqdоrini tоvаrlаr (sоf tushum) miqdоrigа nisbаti bo’lib, ishlаb chiqаrilgаn hаr bir so’mlik tоvаr hаjmigа to’g’ri kеlаdigаn qаnchа mаtеriаl хаrаjаtlаri sаrflаnishini tаvsiflаydi.

Zaxiralarni tizimli aniqlash va mobilizatsiyalash, material sarflar va mahsulotning material sig‘imini kamaytirish zarurati tahlilda material resurslardan foydalanish samaradorligini har tomonlama tavsiflovchi va mahsulotning material sig‘imini kamaytirish borasida korxona faoliyatini rejalashtirish, hisobga olish, natijalarni tahlil qilishga imkon beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanilishini nazarda tutadi. Material resurslardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari umumiy va xususiyga ajratiladi.
Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: mahsulotning material sig‘imi; material qaytimi; mahsulot tannarxida material sarflarning ulushi; material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti.
Material resurslar samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari material resurslarning alohida elementlarini iste’mol qilish samaradorligini tavsiflash, shuningdek, alohida mahsulotlar material sig‘imini baholash uchun qo‘llaniladi. Alohida mahsulotlarning solishtirma material sig‘imi qiymat, natural-qiymat va natural ifodada hisoblanishi mumkin.
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi va ularning o‘zgarish tendensiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Mahsulotning material sig‘imi material sarfining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi material sarfini ko‘rsatadi:



Bu yerda Mz – material sarfi; Nv – qiymat yoki natural ko‘rsat­kichlardagi mahsulot hajmi. Material sarfi tarkibiga xomashyo, asosiy va qo‘shimcha materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, yonilg‘i, energiya kiritiladi.

Download 96.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling