Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


Download 96.07 Kb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

Material qaytimi – material sig‘imiga teskari ko‘rsatkich, iste’mol qilingan resurslarning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni tavsiflaydi:



Mahsulotlarning turlari bo‘yicha solishtirma material sig‘imi mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun material sarfining mahsulotning ulgurji narxiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ham natural, ham qiymat ifodasida ifodalanishi mumkin. Solishtirma material sig‘imini natural ifodada mahsulot tayyorlash uchun nisbatan bir turdagi materiallar (1 kvt./s. elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘i miqdori yoki 1 kilonomer kalava ishlab chiqarish uchun paxta tolasi miqdori) sarflanadigan korxonalardagina aniqlash mumkin.
Aksariyat korxonalarda mahsulot turli materiallardan tayyorlanadi, shuning uchun solishtirma material sig‘imini hisoblash faqat qiymat ifodasida amalga oshiriladi.
Material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti – bu haqiqatdagi material sarfining rejalashtirilgan kalkulyatsiya bo‘yicha hisoblangan material sarfi miqdori va mahsulotning haqiqatdagi ishlab chiqarishi hamda assortimentiga nisbatidir.
Bu ko‘rsatkich haqiqiy material xarajatlari qiymatini reja bo‘yicha material xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi indeksiga ko‘paytmasiga bo‘lish orqali aniqlanadi va material sarfi me’yoriga rioya qilinishini ko‘rsatadi:



Agar foydalanish koeffitsiyenti 1 dan katta bo‘lsa, materiallar ortiqcha sarflanayotganligini; Km ning 1 dan kichik qiymati material resurslar tejalayotganligini anglatadi.
Material sig‘imining xususiy ko‘rsatkichlari material resurslarning alohida turlaridan (xomashyo sig‘imi, metall sig‘imi, energiya sig‘imi va boshqalar) foydalanish samaradorligini tavsiflash uchun, shuningdek, alohida mahsulotlarning material sig‘imi darajasini (mahsulot birligiga ishlatilgan barcha materiallar qiymatining uning ulgurji narxiga nisbati) tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
Xo'jalik faoliyati barcha tomonlarining natijalarini, birinchi navbatda, uning zaif va oqsoq tomonlarining natijalarini chuqur tahlil qilib, mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni xo'jalik faoliyatiga jalb qilish asosida sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yanada ko'paytirish hamda samaradorligini oshirish yo'llarni ko'rsatishdan iborat.
Material resurslar samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari material resurslarning alohida elementlarini iste’mol qilish samaradorligini tavsiflash, shuningdek, alohida mahsulotlar material sig‘imini baholash uchun qo‘llaniladi. Alohida mahsulotlarning solishtirma material sig‘imi qiymat, natural-qiymat va natural ifodada hisoblanishi mumkin.
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi va ularning o‘zgarish tendensiyalarini ko‘rib chiqamiz. Mahsulotning material sig‘imi material sarfining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi material sarfini ko‘rsatadi:

Bu yerda Mz – material sarfi; Nv – qiymat yoki natural ko‘rsat-kichlardagi mahsulot hajmi. Material sarfi tarkibiga xomashyo, asosiy va qo‘shimcha materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, yonilg‘i, energiya kiritiladi.
Moddiy resurslar tahlili uchun axborot manbalari sifatida moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanish haqida va ishlab chiqarish xarajatlari haqida statistik hisobot, ta’minot bo‘limining tezkor ma’lumotlari, moddiy resurslar kirimi, sarfi va qoldig‘i haqida analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot rejalari, xomashyo va materiallar yetkazib berish shartnomalari kabilar xizmat qiladi. Moddiy ta’minotni to‘g‘ri tashkil qilish korxonalar uzluksiz ishlashining asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Download 96.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling