Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish
Xususiy ko‘rsatkichlar material sig‘imining umumlashtirma ko‘rsatkichiga ta’siri
Download 96.07 Kb.
|
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo
Xususiy ko‘rsatkichlar material sig‘imining umumlashtirma ko‘rsatkichiga ta’siri
4-jadval ma’lumotlariga ko’ra mahsulot material sig‘imining rejaga nisbatan 0,5 tiyinga ortishi boshqa material sarflari bo‘yicha xomashyo sig‘imi, energiya sig‘imi va mahsulot sig‘imi mos ravishda 0,3; 0,7; 0,1 tiyinga ortishi oqibatida sodir bo‘lgan. Boshqa teng sharoitlarda ushbu omillar hisobiga material sig‘imi 1,1 tiyinga kamayishi mumkin edi (0,3 + 0,7 + 0,1). Qolgan materiallar bo‘yicha mahsulot material sig‘imining 0,6 tiyinga kamayishi e’tiborga loyiq (0,5 + 0,1). Mahsulot material sig‘imining o‘zgarishi natijalari tannarx kalkulyatsiyasi asosida alohida mahsulotlar solishtirma material sig‘imi tahlili bilan tasdiqlanishi lozim. Tahlil qilinayotgan korxonada mahsulot turli materiallardan tayyorlanganligi uchun va ularning katta qismi sotib olinadigan yarimfabrikatlardan iborat ekanligi sababli natural ko‘rsatkichlarda solishtirma material sig‘imini hisoblash maqsadga muvofiq emas. Solishtirma material sig‘imi tahlili uslub va usullari obyektni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Yangi mahsulotlar bo‘yicha funksional-qiymat tahlili asosida ushbu buyum o‘z funksiyalarini bajarishi uchun mutlaq zaruriy minimum xarajatlarni hamda konstruksiya va texnologiyalar nomukammalligi, mahsulot tayyorlashning samarasiz usuli bilan bog‘liq qo‘shimcha yoki ortiqcha sarf-xarajatlarni aniqlash mumkin. Yangi turdagi mahsulotlarni loyihalashtirish va konstruktorlik yechimlarni tanlash bosqichida konstruktiv va nisbiy material sig‘imi tahlili o‘tkaziladi. Korxonaning sa’y-harakatlari mahsulot konstruksiyasi hamda materialdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish uchun detal va uzellar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning eng yaxshi xorij namunalariga mutanosibligini aniqlash maqsadida eski mahsulot bo‘yicha ham bunday tahlilni amalga oshirish zarur. Kоrхоnаning mаtеriаllаr sаmаrаdоrligini хаrаktеrlоvchi аsоsiy ko’rsаtkichlаr tizimigа mаtеriаllаr sаmаrаsi vа sig’imi ko’rsаtkichlаri kirgаnligi bоis quyidа ulаr hаjmini o’zgаrishigа tа’sir qiluvchi оmillаrni tаhlil qilаmiz. Tаhlil etishdа mаtеriаllаr qiymаti vа qаytimi tа’siridа sоf tushum hаjmining o’zgаrishlаrigа bаhо bеrilаdi. Sоf tushum hаjmining o’zgаrishigа tа’sir etuvchi mоddiy оmillаr tаhlilidа ulаrning qiymаtlаrining o’zgаrishi vа mоddiy rеsurslаr qаytimi o’zgаrishlаrigа muhim аhаmiyat bеrilаdi. Bu bеvоsitа kоrхоnаdа mаvjud bo’lgаn ichki imkоniyatlаrni аniqlаsh vа bеlgilаshdа muhim аhаmiyatgа egа hisоblаnаdi. Tаhlil uchun 5-jаdvаlni kеltirаmiz. Download 96.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling