Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish
Materiallar rentabellik darajasini omilli tahlil qilish
Download 96.07 Kb.
|
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo
5. Materiallar rentabellik darajasini omilli tahlil qilish
Korxonalarning natijaviyligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi nafaqat mutlaq, balki nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ham baholanadi. Xususan, rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keyingisiga oid sanaladi. Keng ma’noda rentabellik tushunchasi foydalilik, daromadlilikni anglatadi. Agar mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan daromadlar ishlab chiqarish xarajatlarini qoplasa, bundan tashqari korxonaning normal faoliyat yuritishi uchun yetarli miqdorda foyda shakllansa, korxona rentabelli hisoblanadi. Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini faqatgina ko‘rsatkichlar tizimini tavsiflash orqali yoritish mumkin. Ularning umumiy ma’nosi – joylashtirilgan kapitalning bir so‘mi uchun foyda miqdorini aniqlashdan iborat. Rentabellik darajasi turli-tuman funksiyalarni bajaradi, aynan esa: korxonaga joylashtirilgan mablag‘larning o‘zini qoplashini aks ettiradi; ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni ta’minlaydi; korxonaning kredit va qarzlari qaytarilishini ta’minlaydi, ya’ni uning to‘lov qobiyatiga imkon yaratadi; ishlab chiqarishning ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirishga imkon beradi, ya’ni korxona va tashkilotlarning xodimlarini bozor munosabatlari taraqqiyotining salbiq oqibatlaridan himoyalashni ta’minlaydi; “Dyupon de Nemur” firmasida ishlab chiqilgan mashhur formulaga kelamiz. Dyuponning ushbu formulasi aktivlar rentabelligiga qanday omillar eng ko‘p darajada ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi. Formula mablag‘lar rentabelligini oshirish yo‘llariga ishora qiladi: mahsulotlarning kam foydaliligida aktivlar va ularning elementlari aylanuvchanligini tezlashtirishga intilish zarur; korxonaning sust ishbilarmon faolligi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yoki mahsulot narxini oshirish yo‘li bilan, ya’ni mahsulot rentabelligini oshirish bilan kompensatsiyalanishi mumkin. Korxonalar hisobotida bir nechta foyda ko‘rsatkichlari aks ettirilganligi uchun, undan foydalanuvchilar olib borilayotgan tahlil maqsadlariga bog‘liq ravigda rentabellik ko‘rsatkichlarining butun boshli qatorini hisoblashlari ham mumkin. Rentabellikni hisoblashning umumiy formulasi: Bu yerda, F – korxona foydasi; V – rentabellik hisoblanadigan ko‘rsatkich. Suratda quyidagilar keltirilishi mumkin: yalpi foyda; soliqlar to‘langunga qadar foyda; sof foyda. Maxrajda: korxona aktivlari; o‘z kapital; o‘zgaruvchan kapital (o‘z kapital va uzoq muddatli qarz mablag‘lari miqdori); joriy aktivlar; asosiy ishlab chiqarish fondlari; ishlab chiqarish fondlari (asosiy ishlab chiqarish va aylanma ishlab chiqarish fondlari miqdori); sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi; sotishdan tushumlar. Materiallar. Ko‘rsatkichlar tarkibining katta miqdori va ularning birikmasidan amaliy hamda analitik faoliyatda rentabellikni hisoblash uchun foydalanish, bir tomondan, moliviy-xo‘jalik faoliyat murakkabligi oqibati hisoblansa, boshqa tomondan – olingan natijalarning muvofiq talqin qilinishini murakkablashtiradi. Amaliyotda korxonalarning faoliyat samaradorligini to‘liq tavsiflovchi quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlari ajratib ko‘rsatiladi . Buning uchun yana bir ko`rsatkich rentabellik darajasidan ham foydalaniladi. Rentabellik – xo`jalik faoliyatining foydasi va u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishning daromadliligini ifodalaydi. Rentabellik korxona yillik foydasining, uning foizda ifodalangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Materiallar rеntаbеlligi dаrаjаsi kоrхоnаlаrning materiallardan fоydаlаnish (sаmаrоdоrlik) dаrаjаsini ko’rsаtаdi. Materiallar rеntаbеlligi dаrаjаsi kоrхоnаning bir so’mlik materiallardan qаnchа fоydа оlgаnligini ko’rsаtаdi. Shundan kelib chiqqan holda aytamizki, foyda – korxona xo`jalik faoliyatining muhim iqtisodiy ko`rsatkichlaridan biridir. Foyda korxona tomonidan uning ishlab chiqarish faoliyati natijasida vujudga kelgan sof daromadi miqdorini ifodalaydi. Ammo foydaning hajmi butun korxona ish faoliyatining samaradorligini to`la tarzda ifodalaydi. Buning uchun yana bir ko`rsatkich rentabellik darajasidan ham foydalaniladi. Rentabellik – xo`jalik faoliyatining foydasi va u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishning daromadliligini ifodalaydi. Rentabellik korxona yillik foydasining, uning foizda ifodalangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Endi 6-jаdvаldа materiallar rеntаbеllik dаrаjаsini tаhlilini ko’rib chiqаmiz. Download 96.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling