Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


Korxonaning materiallar bilan ta`minlanganligini tahlil qilish


Download 96.07 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

3. Korxonaning materiallar bilan ta`minlanganligini tahlil qilish
Moddiy ta’minotni to‘g‘ri tashkil qilish korxonalar uzluksiz ishlashining asosiy shartlaridan biri sanaladi.
Materiallarga rejaviy ehtiyoj quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
M = Me + Zmyo – Zmyb.
Bu yerda M – materiallarga rejaviy ehtiyoj;
Me – rejadagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlash uchun materiallarga ehtiyoj;
Zmyo – davr oxiri uchun materiallar zaxirasi;
Zmyb – davr boshi uchun materiallar zaxirasi.
Davr boshida zaxira tashkil qilish uchun moddiy resurslarga ehtiyoj uchta baho asosida aniqlanadi: 1) natural o‘lchov birliklarida, bu ombor binolariga ehtiyojni belgilash uchun zarur; 2) qiymat bo‘yicha – aylanma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash uchun; 3) ta’minlanganlik kunlarida – yetkazib berish grafigi bajarilishini rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida.
Korxonaning kunlar bo‘yicha zaxiralar bilan ta’minlanganligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu yerda Zk – kunlar bo‘yicha xomashyo va materiallar zaxirasi;
Zmi – i-turdagi material resurslarning natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalangan zaxiralari;
R1gi – i-turdagi material resurslarning xuddi shu o‘lchov birligida bir kunlik sarfi.
Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud.
Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.
Ichki manbalar – bu xomashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ikkilamchi xomashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni o‘zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish natijasida materiallarni tejash.
Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
1) material resurslarga ehtiyojlarning ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning bajarilishi;
2) yetkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga yetkazib berishdagi buzilishlar ta’siri;
3) tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi bilan muvofiqligi;
4) material resurslar bilan ta’minlash yetarli bo‘lmaganligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi.
Material resurslarga ehtiyojlarning yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi:
- reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.r:

- haqiqatda ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.h:

Haqiqatda yetkazib berilgan material


resurslar qiymati
Kt.h = .
Rejaviy ehtiyoj
Keltirilgan koeffitsiyentlar tahlili materiallarning har bir turi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yetkazib beruvchilardan olingan materiallar miqdori, ularning standartlar, texnik shartlar va shartnoma shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Agar materiallar pasaytirilgan navlilikda olingan bo‘lsa, u holda bu mahsulot birligiga sarf-xarajatlar ortishiga yoki tayyor mahsulotlar sifatining mutanosib yomonlashishiga olib keladi. Bunday holatlar yengil sanoat uchun xos sanaladi.
Mashinasozlik korxonalariga nomutanosib profilli metalloprokatlar kelib tushishi, odatda, materiallarni ortiqcha sarflash va chiqindi ko‘payishiga, mehnat sig‘imi ortishi va mahsulot tannarxi qimmatlashishiga sabab bo‘ladi. Bundan yetkazib beruvchilardan olingan materiallar sifati va assortimenti shartnoma shartlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini oydinlashtirish zarurati yuzaga keladi.
Tahlil jarayonida material resurslarni tashish ehtiyojining ularni yetkazib berish shartnomalari bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishini tekshirish zarur.
Materiallarga rejaviy ehtiyoj quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
M = Me + Zmyo – Zmyb.
Bu yerda M – materiallarga rejaviy ehtiyoj;
Me – rejadagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlash uchun materiallarga ehtiyoj;
Zmyo – davr oxiri uchun materiallar zaxirasi;
Zmyb – davr boshi uchun materiallar zaxirasi.
Davr boshida zaxira tashkil qilish uchun moddiy resurslarga ehtiyoj uchta baho asosida aniqlanadi: 1) natural o‘lchov birliklarida, bu ombor binolariga ehtiyojni belgilash uchun zarur; 2) qiymat bo‘yicha – aylanma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash uchun; 3) ta’minlanganlik kunlarida – yetkazib berish grafigi bajarilishini rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida. Korxonaning kunlar bo‘yicha zaxiralar bilan ta’minlanganligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu yerda Zk – kunlar bo‘yicha xomashyo va materiallar zaxirasi;
Zmi – i-turdagi material resurslarning natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalangan zaxiralari;
R1gi – i-turdagi material resurslarning xuddi shu o‘lchov birligida bir kunlik sarfi.

Download 96.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling