Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija
Download 93.17 Kb.
|
moliya,AZAMAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining dolzarbligi.
- “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir” 3
Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija: Kirish…………………………………………………………………...……3 Korxonalar moliyasi hisobotining mohiyati va vazifalari……………….…..5 Korxonalarda moliyaviy hisobot shakllari va ularning tavsifi……………..15 Korxonalarda marketing siyosatini tashkil etishda moliyaviy hisobotlarning yo’nalishlari………………………………………………………………...30 Korxonalar moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari va ularni amalga oshirish yo’llarini ta’minlashda moliyaviy xisobotlardan foydalanishning samaradorligi……………………………………………………………….38 Xulosa………………………………………………………………………43 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….46 Kirish Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.1 Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7 –fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 -2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi. Kurs ishining dolzarbligi. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, jahon mamlakatlari bilan har sohada raqobatlasha oladigan darajaga eng avvalo har birimizning eng oliy maqsadimiz bo’lmog’i lozim. Shunday ekan tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbarni – bu bosh vazir yoki uning o’rinboarlari bo’ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo’ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi shart.” 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich: “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir”3 Xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy axvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o’stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baxolanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi. Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo’lga qo’yish va yuritish mumkin. Moliyaviy tahlil etish orqali xo’jalik yurituvchi subyektlarining naqakat aktivlari va ularning kelgusidagi ko’payishi, kapitali va uning o’sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo’yicha axborotlarni chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yo’lga qo’yish imkoni tutiladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, globallashuv jarayonlari o’z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo’lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi.4 Korxonalarning iqtisodiy quvvatini ifoda etuvchi moliyaviy hisobotlari kurs ishining obyekti sifatida qaraladi. Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tashkil etish masalalari esa kurs ishimning predmeti hisoblanadi. Download 93.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling