Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija


Korxonalar moliyaviy hisobotining mohiyati va vazifalari


Download 93.17 Kb.
bet2/18
Sana22.02.2023
Hajmi93.17 Kb.
#1222743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moliya,AZAMAT

Korxonalar moliyaviy hisobotining mohiyati va vazifalari

Iqtisodiy inqirozning integratsiyalashuvi sharoitida korxonani samarali boshqarish uning xo'jalik faoliyati, mablag'laridan foydalanish, ulami tashkil etish manbalari to'g'risidagi iqtisodiy axborotlami tezkorIik bilan olish va foydalanishni talab qiladi. Bu boshqaruv xodimlaridan moliyaviy hisobotni o'qiy olish, ya'ni hisobot har bir moddasining iqtisodiy mohiyatini tushunish, uning korxona faoliyatidagi rolini baholash usullarini, balans va hisobotping boshqa shakllari moddalari bilan aloqasini, u yoki bu modda bo'yicha summalar o'zgarishi tavsifini va ushbu o'zgarishlar ahamiyatini baholash mahoratini bilishni talab etadi. Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to'g'risida ma'lumot olish, uning moliyaviy ahvoli va bozor faolIigini tahlil qilish mumkin. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma'lumotlari, aniqrog'i moliyaviy hisob ma'lumotlari asosida tuziladi. Iqtisofiy inqirozning integractiyalashuvi sharoitida korxonaning moliyaviy ahvoli to'g'risidagi axborotlar tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki ulami xo'jalik yurituvchi su'yektga o'z mablag'larini sarflash maqsadga muvofiqligini aniqlash o'ta ahamiyatli hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini (xarajatini qoplay olishini) yaqqol ko'rsatadi. Xo'jalik yurituvchi su'yektlarda buxgalteriya hisobini yuritishdan ko'zlangan asosiy maqsad uning faoliyati to'g'risidagf ma'lumotlami yig'ish va umumlashtirish asosida uning rahbariyati hamda manfaatdor yuridik vajismoniy shaxslar uchun zarur ma'lumotlar to'plamini vujudga keltirishdan iboratdir. Xo'jalik yurituvchi su'yekt rahbariyati uchun zarur ma'lumotlar uning hisob yuritish siyosatida belgilangan ichki hisobot shakllari, boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqib o'rnatIlgan boshqa hisobot shakllari, shuningdek, tezkor va statistik hisobot shakllari orqali uzatiladi. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatidan manfaatdor bo'lgan yuridik vajismoniy shaxslarning ma'lumotlarga bo'lgan talab va ehtiyojlari moliyaviy hisobot orqali qondiriladi. Agar xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati uchun zarur ma'lumotlar ular belgilagan va talab qilgan sanaga tayyorIansa hamda uzatilsa, moliyaviy hisobot moliya vazirIigi belgilagan sanalarga tuziladi hamda taqdim qilinadi. Moliyaviy hisobot ko'rsatkichlaridan xo'jalik yurituvchi su'yekt rahbariyati ham o'z faoliyatida keng foydalanadi. Ammo uning ma'lumotlari asosan tashqi foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan. Moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari qat'iy belgilangan va unga o'zgartirishlar kiritish mumkin emas. Moliyaviy hisobotda xo'jalik yurituvchi su'yekt faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari umumiy qabul qilingan va qat'iy qabul qilingan qoidalar hamda tartiblar asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot xalqaro talablar asosida tuzilganda umumiy qabul qilingan qoidalar va tartiblar qo'lIaniladi. Har bir mamlakatda moliyaviy hisobotni tuzish tartib va qoidalari belgilanadi. Agar mamlakatda moliyaviy hisobotni tuzish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilansa, unda ushbu standartlar talablari va uning qoidalariga muvofiq tuziladi. Umuman moliyaviy hisobot su'yekt faohyatining oynasi hisoblanadi. Untng ma'lumotlari asosida su'yekt faoliyatiga baho beriladi va xulosa qilinadi. Moliyaviy hisobotda su'yektning aktivlari, majburiyati, kapitali, daromadlari, xarajatlari, foydasi (zarari) va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlari o'z aksini topadi.
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan
funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin:


Download 93.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling