Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija


Download 93.17 Kb.
bet3/18
Sana22.02.2023
Hajmi93.17 Kb.
#1222743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moliya,AZAMAT

MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI:






Firmaning egalari
va kreditorlariga
firmaning joriy
moliyaviy ahvoli
hamda o‘tgan
davrda uning
faoliyati qanchalik
samarali bo‘lgani
to‘g‘risida
ma’lumot berish

Qulay
shablonmodellar
tuzish va
ulardan
moliyaviy
rejalashtirish
jarayonida
foydalanish

Firma egalari va
kreditorlariga
kompaniya faoliyati
samaradorligining
asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash
va menejerlar
faoliyatini tartibga
solish imkonini
berish


1-chizma. Moliyaviy hisobot funksiyalari.
Moliyaviy hisobot – xoʼjalik yurituvchi subektlarning oʼtgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar majmui boʼlib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Moliyaviy hisobot tuzish va taqdim yetish “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim yetish uchun konseptual asos” va 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli BHMS bilan tartibga solinadi.5 Konseptual asos maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:

  • Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi oʼrinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta koʼrib chiqishda;

  • Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;

  • Аuditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;

  • Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlarni tahlil qilishda.

Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning taʼriflarini oʼz ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad yetmaydi.
Аyrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS oʼrtasida ziddiyatlar boʼlsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʼradi.
Konseptual asos buxgalteriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda Oʼzbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan koʼrib chiqiladi.
Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir:

  1. Moliyaviy hisobotning maqsadi;

  2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari;

  3. Moliyaviy hisobotlarning yelementlarini taʼriflash, yeʼtirof yetish va oʼlchash.

Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining axborotga boʼlgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim yetiladi. Moliyaviy hisobot koʼpchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Аyrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar boʼlganda, moliyaviy hisobotda bor boʼlgan axborotga qoʼshimcha axborotni talab qilishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bogʼliq boʼlgan izohlar, moʼljallar va tushuntirishlarni ham oʼz ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jugʼrofiy hududlarning faoliyat turlari toʼgʼrisidagi moliyaviy axborotni aks yettirishi va narxlar oʼzgarishining moliyaviy natijalarga taʼsirini tushuntirib berishi kerak.
Barcha xoʼjalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim yetishda konseptual asosga amal qilishlari kerak.
Haqiqiy va boʼlgʼusi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi.
Xoʼjalik yurituvchi subektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar oʼz ehtiyojlarini qondirish maqsadida qoʼshimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qoʼshimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan chiqadi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi xoʼjalik subektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʼlgan butun axborotni oʼz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi:

  1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish;

  2. Xoʼjalik yurituvchi subektning boʼlgʼusi pul oqimiga baho berish;

  3. Xoʼjalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish;

  4. Rahbar organlarning ishiga baho berish.

Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish harajatlari, xoʼjalik mablagʼlari va ularni tashkil boʼlish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.
Xoʼjalik yurituvchi subektlar oʼz faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xoʼjalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu maʼlumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yoʼli bilan erishiladi.
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini oʼsish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va bozorda barqarorligini taʼminlash boʼlib hisoblanadi. Hisobot maʼlumotlari boʼyicha rahbar mulkdorlar va taʼsischilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) yuqori va hukumat rasmiy va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi.

Download 93.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling