2. Maxsulot sotishdan yalpi foyda. Maxsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija foyda yoki zarar maxsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumdan shu maxsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini ayirish asosida aniqlanadi. Korxona foydasining asosiy qismini bevosita maxsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etishi asosiy o’rinlarda bo’lishi lozim.
3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatning moliyaviy natijasi (Foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi maxsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini ayirish xamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.
SHo‘ba va uyushma korxonalardan olingan dividendlar;
Boshqa olingan dividendlar;
SHo‘ba va uyushma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar;
Boshqa to‘langan va olingan foizlar;
Valyuta kursining o‘zgarishidan farqlar;
Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natijalar aniqlanadi. Moliyaviy natijalar: korxona foydasi va daromadlar.
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasini mos ravishda qo‘shishi yoki ayirish orqali aniqlanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |