Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija
Xususiy kapital (sarmoya) tushunchasi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”
Download 93.17 Kb.
|
moliya,AZAMAT
Xususiy kapital (sarmoya) tushunchasi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunida, BXMS da keltirilgan.16
Xususiy kapital (sarmoya) to’g’risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga tegishli axborotni ochib berishi kerak. Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) va uning tarkibiy qismlari to’g’risidagi, ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o’z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak. Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) tarkibida bo’lgan o’zgarishlar: qimmatli qog’ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog’ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to’g’risidagi axborotlar ochib beriladi. Xususiy kapital (sarmoya) to’g’risidagi hisobotda‚ shuningdek‚ chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aksiyalar soni to’g’risidagi axborotlar ham ochib berilishi kerak. Qatnashchining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko’ra kamayib ketganligi haqidagi ma‘lumotlar ushbu hisobotga tushuntirishlarda ochib berilishi kerak. Xususiy kapital (sarmoya) to’g’risidagi hisobotga tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotlar keltiradilar: - obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning umumiy soni va nominal qiymati; - nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati; - aksiyalarga obunaning borishi chog’ida olingan mablag’larning umumiy summasi; - ayrim turlar va toifalar bo’yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar; - imtiyozli aksiyalar bo’yicha to’lanmagan jamlangan dividendlar summasi; - aksiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, xususan, to’lanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to’g’risida; - hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo’shib yuborishlar va aksiyalarning maydalanishi yoki qo’shib yuborilishigacha va undan keyingi aksiyalarning nominal qiymati to’g’risidagi.17 Turli xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ko’p qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha axborot bilan ta‘minlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qo’shimcha ravishda ma‘muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. Xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qo’llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi. Qoshimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar – xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar shaklida ham, boshqacha tarzda ham bo’lishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo’jalik operatsiyalarini aks ettiradi, ularni moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlaydi. Aktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda xo’jalik yurituvchi subyektning ko’rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot faoliyat natijalari va buxgalteriya balansi elementlaridagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotning elementlaridir. Download 93.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling