Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija


Download 93.17 Kb.
bet10/18
Sana22.02.2023
Hajmi93.17 Kb.
#1222743
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
moliya,AZAMAT

6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tamonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.

Молиявий ҳисоботлар тўғрисидаги маълумот

Nomlanishi

Satr kodi:

O’tgan yil uchun

Hisobot yili uchun

aromad

xarajat

daromad

xarajat

Маҳсулот

010

74 845 843.20




52 984 736.80




Сотилган маҳсулот

020




66 011 936.44




44 885 047.48

Маҳсулот ларни сотишнинг ялпи фойдаси

030

8 833 906.76




8 099 689.32




Давр харажатлари, жами

040




13 246 711.80




14 216 257.97

Сотиш харажатлари

050




914 490.40




632 145.61

Маъмурий харажатлар

060




1 549 350.68




1 540 493.82

Бошқа операцион харажатлар

070




10 782 870.72




12 043 618.54

Асосий фаолиятнинг бошқа даромадлари

090

1 014 300.00




207 612.23




Асосий фаолиятнинг фойдаси

100




3 398 505.04




5 908 956.42

Молиявий фаолиятнинг даромадлари, жами

110

2 078 420.35




892 245.84




Фоизлар шаклидаги даромадлар

130

490 712.16




435 482.40




Молиявий ижарадан даромадлар

140













Валюта курси фарқидан даромадлар

150

1 587 708.19




456 763.44




Молиявий фаолият бўйича харажатлар

170




2 625 300.63




1 229 110.14

Фоизлар шаклидаги харажатлар

180




2 467 219.45




936 844.26

Валюта курси фарқидан зарарлар

200




158 081.18




292 265.88

Умумхўжалик фаолиятининг фойдаси (зарари)

220




3 945 385.32




6 245 820.72

Фавқулоддаги фойда ва зарарлар

230







632 213.40




Фойда солиғини тўлагунга қадар

240




3 945 385.32




5 613 607.32

Фойда солиғи

250










72 724.36

Ҳисобот даврининг соф фойдаси

270




3 945 385.32




5 686 331.68



8-jadval:14 “Yangi yo’l yog’-moy” AJ moliyaviy natijalar hisoboti

Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish extimoli nixoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda xam faqat zarar shaklida bo‘lmoqda.


7. Soliq to‘lagungacha bo‘lgan foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator xisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan xamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtig‘rida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonadagi muayyan vaqt ichidagi pulning kirib kelishi va chiqib ketishi hamda ular o‘rtasidagi farqni tahlil qilishda foydalaniladigan hujjatdir. Unda joriy (operatsion), investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larini kirimi va chiqimi ifodalanga hisoblanadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o’zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to’g’risidagi axborot bilan ta‘minlaydi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo’lib xizmat qilish bilan foydalidir. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot pul tushumlari va to’lovlarni uchta asosiy toifaga ajratadi:
- operatsion faoliyat;
- investitsiya faoliyati;
- moliyaviy faoliyat.
Har uch toifaning pul mablag’iga birgalikda ta‘siri hisobot davrida pul mablag’ining sof o’zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to’g’risidagi axborot bo’lajak pul oqimlari prognozi to’g’riligini tekshirish chog’ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta‘siri o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog’ida zarur bo’ladi. Operatsion faoliyat – xo’jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo’lmagan o’zga xo’jalik faoliyatidir. Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy faoliyat – xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo’lib, uning natijasida o’z mablag’i va qarz mablag’lari miqdori va tarkibida o’zgarishlar yuz beradi. Joriy (operatsion) faoliyat – xo‘jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag‘lariga, foyda miqdoriga ta’sirini ifodalaydi. Bu bo‘limga quyidagilar kiradi:

  • Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘lari;

  • Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘langan pul mablag‘lari;

  • Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari;

  • Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari.

Investitsion faoliyat orqali nomoddiy va uzoq muddatli aktivlarni sotib olish va sotish bo‘yicha to‘langan pullar va hisob-kitob raqamiga kelib tushgan naqd pullar ifodalanadi. Bu bo‘limga quyidagilar kiradi15:

  • Asosiy vositalarni sotib olish va sotish;

  • Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish;

  • Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish;

  • Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari.

Moliyaviy faoliyat pul oqimlarida korxonaning moliyaviy foaliyati bilan bog‘liq kirim va chiqimlar keltiriladi. Bu bo‘lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Olingan va to‘langan foizlar;

  • Olingan va to‘langan dividendlar;

  • Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instumentlardan kelgan pul tushumlari;

  • Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to‘lovlari;

  • Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  • Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  • Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari.

Pul oqimlari to‘risidagi hisobot inqirozga qarshi sog‘lomlashtirish tadbirlari tayyorlanayotgan davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sog‘lomlashtirish jarayonida kreditorlik qarzlarining tezlik bilan uzilishi pul oqimlarining jadalligiga bog‘liq. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo’jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to’g’risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo’ladi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo’yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O’zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.
O‘z mablag‘lari tahlilini olib borishda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotdan keng foydalaniladi. Mazkur shakl korxona xususiy kapitalining yil davomidagi ko‘payishi yoki kamayishini tahlil qiladi va o‘z ichiga quyidagi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini oladi:

  • Ustav kapitali;

  • Qo‘shilgan kapital;

  • Rezerv kapitali;

  • Taqsimlanmagan foyda;

  • Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

Shaklning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, boshqa hisobot shakllarida barcha ko‘rsatkichlar faqat pul ifodasida berilsa, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda naturada aksiyalar soni keltiriladi. Bu hisobot shakli inqiroz davrida korxonaning moliyyaviy mustaqilligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ham qolgan hisobot shakllari kabi korxona to‘lov qobiliyatini o‘rganishda muxim manbaa bo‘lib hisoblanadi. Hisobotda korxonaning o‘ziga qarashli barcha mablag‘lar hisobi va ularning manbaalari aniq ko‘rsatib o‘tiladi.

Download 93.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling