Mavzu: korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari
Download 10.29 Kb.
|
Mavzu korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik korxonalar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti, tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar) tuzadi. Ularni tuzishning, faoliyatining, firmani qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar haqida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Firma – bu tijorat hisob-kitobi tamoyillari asosida ishlovchi xo‘jalik, sanoat, savdo korxonasi yoki alohida biznesmen, ya’ni huquqiy shaxsdir.Kichik korxonalar tadbirkorlikning alohida turi emas, bu termin faqat miqdor parametrlarini bildiradi xolos, tadbirkorlikning shakli esa har xil: yakka tartibdagi korxona, o‘rtoqlik, MChJ, XJ va boshqa bo‘lishi mumkin. Kichik korxonalarga:- sanoat va qurilishda – ishlaydigan xodimlari soni 100 kishigacha bo‘lgan; - fan sohasida va ilmiy xizmat ko‘rsatishda ishlaydigan xodimlari 50 dan 100 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan;- ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - chakana savdoda ishlovchi xodimlari soni 5 dan 15 kishigacha bo‘lgan huquqiy shaxslar kiradilar.Kichik korxona xo‘jalik faoliyatining xususiyatiga ko‘ra ishchilar soni o‘zgarishi mumkin. Kichik korxonalar soliq imtiyozlariga va ular soliqlarni hisoblashning soddalashtirilgan tartibidan foydalaniladilar. Kichik korxonalar bozorni tovarlar bilan tezda to‘ldirishga yordam beradilar, yangi ish o‘rinlari yaratadilar, tovarlarning assortimentini yangilashga ko‘maklashadilar. Hamma mamlakatlarda KK larni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlaydilar, ular imtiyozli kreditlar oladilar, soliqlarni past stavkalar bo‘yicha to‘laydilar va hokazo.Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun resabulikamizda ancha ishlar qilinmoqda: O‘zbekiston tadbirkorlari ittifoqi va O‘zbekiston tadbirkor ayollari uyushmasi, mahalliy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (biznes fond) kabi tashkilotlar kuchayib bormoqda. 2003 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab turgan kichik va o‘rta biznes subyektlari soni 227 ming donani yoki ro‘yxatga olinganlarining 90 foizini tashkil qildi.Download 10.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling