Mavzu. Kovsharlangan va yelimli birikmalarning turlari va ularning hisobi


Download 108 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi108 Kb.
#1128352
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Kavshar va yelimli birikma

Mavzu.Kovsharlangan va yelimli birikmalarning turlari va ularning hisobi.



Reja
1. Kavsharli birikmalar va uning turlari.
2. Yelimli birikmalar va uning turlari.
3. Kavsharli va yelimli birikmalarni hisoblash.

Tayanch iboralar: Kavshar, yelim, teleskopik, uchma- uch og‘ma, tavrli, urinma,
og‘ma chokli, ust qo‘ymali.

Kavsharli birikmalar va uning turlari
Kavsharli birikmalar biriktiriladigan detallar bilan kavshar o‘rtasidagi molekulyalar ta’sir kuchlari orqali vujudga keladigan ajralmaydigan birikmadir.
Biriktirilgan detallar orasida eritilgan holda kiritiladigan qo‘shimcha yoki metal kavshar deyiladi va odatda, uning erish harorati detallarning erish haroratidan ancha kichik bo‘ladi.Kavsharlash jarayoni payvandlash jarayonidan shu bilan farq qiladiki, unda biriktirilayotgan detallar eritilmaydi yoki yuqori haroratda qizdirilmaydi.

Kavshar chokdagi aloqa quyidagiga asoslangan:


Eritilgan kavsharda detallar metalining qisman erishi;

  • Biriktilayotgan detallar metali va kavshar unsurlarining o‘zaro diffuziyasi (so‘rilishi yoki bir biriga kirishishi);

  • Diffuziyasiz atomli aloqa.

Kavshar chokning mustahkamligi kavsharning mustahkamligidan sezilarli kattadir.
Kavsharlash jarayoni quyidagi amaliyotlardan iboratdir;
biriktiriladigan yuzalarning qizdirish, kavsharning eritilishi,
kavsharning oqizilishi va chok o‘rnini to‘ldirish.
Sovutish va kristallash.
Kavshar vositasida bir jinsli va turli jinsli meteriallarni biriktirish mumkin: qora va rangli metallar, qotishmalar, sopol, shisha va boshqalar.
Kavsharli birikmalarning turlari detallarning shakli va joylashishiga hamda yuklamaga bog‘liqdir(4.1- rasm.)

1. Ustma- ust kavsharlangan (PN-1, PN-2, PN-3)





2. Teleskopik kavsharlash (PN-4)



3. Uchma-uch kavsharlangan (PV-1, og‘ma PV-3)


4. Tavrli kavsharlangan ( PT-1, PT-2)

5. Urinma kavsharlangan (PS-1, PS-2)



4.1- rasm. Kavsharli birikmalarning turlari.
Kavsharli birikma listlarni, o‘zaklarni, quvurlarni o‘zaro biriktirishda va uyachali tuzilmalarni tayyorlashda keng ishlatiladi.
Kavsharlar yengil eriydigan, yuzalarni yaxshi xo‘llay oladigan yuqori mustahkam, plastik va o‘tqazuvchan bo‘lmasligi kerak. Detallarning va kavsharlarning chiziqli kengayish koeffitsientlari katta farq qilmasligi kerak.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling