Mavzu. Kovsharlangan va yelimli birikmalarning turlari va ularning hisobi


Yelimli birikmalar va uning turlari


Download 108 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi108 Kb.
#1128352
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Kavshar va yelimli birikma

2. Yelimli birikmalar va uning turlari
Fenol, eboksid fenolkauchik kabilar asosida yuqori sifatli yelimlarning yaratilishi mashinasozlik va asbobsozlikda yelimni birikmalarni keng ishlatilishigi zamin yaratdi.
Yelimli birikmalarni payvand birikmalar ishlatiladigan tuzilmalarda, asosan, yaproqsimon materiallarni biriktirishda qo‘llaniladi.
Yelimli birikmalarni yanada mas’uliyatli mashina va mexanizmlarda, masalan, samolyot va ko‘priklarda qo‘llash amaliyoti mavjud. Payvand birikmalardan farqli ravishda yelimli birikmalar orqali turli jinsli materiallarini biriktirish mumkin.
Ustma- ust yelimli birikmaning mustahkamligi boshqa turdagilarga qaraganda yuqoriroqdir.
Mustahkamligi yuqori bo‘lgan birikmalarni hosil qilish uchun yelim- payvand, yelim- parchin mixli, yelim – rezbali birikmalardan foydalaniladi.
Yelim birikma afzalliklari: yupqa devorli, yaproqsimon detallarni, payvandlash va kavsharlash mumkin bo‘lmagan tuzilma detallarini hamda turli jipsli materiallarni biriktirish mumkinligi; uzluksiz yelim qatlam natijasida jipslilik; zanglashga bardoshlilik; toliqishga chidamlilik; tannarxning pastligi; kuchlanishlar jamlanishining payvand birikmaga nisbatan kichikligi.
Yelim birikmaning kamchiligi: uning vaqt davomida “qarishi” chegaralangan issiq bardoshliligi(250 gradusgacha); birikma mustahkamligining yopishtirilayotgan detal materialiga, yelimlash haroratiga, chok qalinligiga va birikmaning ishlash sharoitiga bog‘liqli; yelimlanayotgan detal yuzalarining aniq moslashtrilishi. Yelimning qovushqoqligi va detallarni yopishtirish bosimiga bog‘liq bo‘lgan chokning qalinligi 0,05 ....0,15 mm bo‘lishi tavsiya etiladi.
3. Kavsharli va yelimli birikmalarni hisoblash
Kavsharli birikmalarni hisoblash mustahkamlik chegarasiga bog‘liq ravishda nominal kuchlanish bo‘yicha bajariladi. Masalan, ko‘proq ishlatiladigan qalay- qo‘rg‘oshinli kavsharli birikmalarda qirqilishga mustahkamlik chegarasi quyidagichadir:
po‘lat St 20 uchun po‘lat St X18N9T-32 MRa, Mis MZ- 27 MRa, latun L62 - Kavsharli birikmalar payvand birikmalarni mustahkamlikka hisoblash tenglamalari orqali mustahkamlikka hisoblanadi.


Ustma- ust yelimli birikmani mustaxkamlikka hisoblashda ustma ust qo‘yilishi L uzunligi quyidagicha aniqlash mumkin


Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling