Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar reja


Download 403.5 Kb.
bet5/5
Sana13.12.2022
Hajmi403.5 Kb.
#999328
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu K p atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smo

Kerakli jihoz va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, glitserin, NaOH eritmasi, mis kuporosi.

1.Mis glitserat olish


Probirkaga mis kuporosi eritmasidan 0,5—1 ml quyib, unga
10% li natriy ishqoridan 1 ml qo‘shing. Bunda mis (II)-gidroksidning havorang cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Olingan bu aralashmaga 1tomchi glitserin qo‘shib chayqatilsa, mis (II) yo‘qolib, eritma zangori rangga bo‘yaladi. Bu mis glitseratning hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi.

2.Glitserinning suvda erishi va uning mis (II)-gidroksid bilan reaksiyasi.


Probirkaga 1-2 ml glitserin quying va unga yana shuncha suv qo‘shib chayqating, so‘ng 2-3 barobar suv qo‘shing. Probirkaga 2 ml natriy gidroksid eritmasidan quying va unga cho‘kma hosil bo‘lgunicha ozroq mis (II)-sulfat eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmaga glitserin qo‘shib chayqating.
2.2.. Fenol asosida sintez qilinadigan smolar.
Fenolformaldegid smolalar — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil
boʻlgan mahsulotlar. Boshlangʻich moddalar miqsorining nisbati va muhitning rN iga (qarang
Vodorod koʻrsatgich) qarab reaksiya natijasida faqat qoʻshimcha kimyoviy reagentlar
ishtirokida qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar
ishtirokisiz qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (rezollar) hosil boʻlishi mumkin.
Fenolformaldegid smolalars. issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsion xossaga ega,
spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha boʻlib, quyosh nuri taʼsirida yoki
ishlab chiqarish jarayonida toʻqjigarrang yoki hatto qora rangga oʻtadi. Fenolformaldegid
smolalars. fenoplastlar, yelimlar va loklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi
XULOSA ;

1. Mustaqil ishi bo’yicha kitoblardan internet tarmoqlaridan va boshqa manbaalardan ma’lumotlar to’plab tahlil qilindi.


2. Mustaqil ishi bajarish davomida ko‘p atomli spirtlarning o’rni, fizik, kimyoviy xossalari, olinish usullari, nomining kelib chiqishi va kashf etilish tarixi bo’yicha so’ngi ma’lumotlar to’plandi.
3. Avtomobil sanoatida glitserin «antifriz» tarkibiga kiritiladi.
4. Etilenglikoldan “antifrizlar” ya’ni past haroratda ham muzlamaydigan suyuqlik sifatida foydalanilishini bildim.
5. Ikki atomli spirtlar zaharli moddalar ekanligini va suvda yaxshi erishini bildim.
6. Ko‘p atomli spirtlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini o‘rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

1. H.S.Tojimuhamedov, H.M.Shohidoyatov, O‘.Ho‘janiyozov


Organik kimyo. Toshkent, ‘‘ Fan va texnologiya ‘‘ 2014- yil.
2. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev
Organik kimyo. Toshkent ‘‘ Oqituvchi ‘‘ 2004- yil.
3. M. Hasanov, A. Sattiqulov Organik kimyo.
4. P. N. Mirzayev, M. P. Mirzayev.
Umumiy kimyo, Toshkent ‘‘ Akademnashr ‘‘ 2017- yil
5. A. G. Muftahov Umumiy kimyo . Tashkent ‘‘ O‘qituvchi ‘‘ 2004- yil
6. www.ziyo.uz


Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling