Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar reja


Ko‘p atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari


Download 403.5 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi403.5 Kb.
#999328
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu K p atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smo

1.3 Ko‘p atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari.

Fizikaviy xossalari. Glikollar rangsiz, hidsiz moddalar bo‘lib, pastki vakillari suyuqliklar, yuqori vakillari esa qattiq kristall moddalardir. Ikki atomli spirtlar (etilenglikol) zaharli bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Bular suvdan og‘ir bo‘lib, bir atomli spirtlarga nisbatan yuqoriroq haroratda qaynaydi. Masalan, etilenglikol Tqay.=197,2°  da, etil spirti esa 78,3°C da qaynaydi.


Gliserin rangsiz, quyuq suyuqlik bo‘lib shirin ma’zaga ega. U oddiy sharoitda 290°C da qaynaydi, solishtirma og‘irligi d204=1,260 Suv va spirtda yaxshi eriydi, efir va xloroformda erimaydi.

Kimyoviy xossalari. Spirtlar kislota va asos xossaga ega emas, shuning uchun ularning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega.Spirtlarning kimyoviy xossasi molekulani tashkil etgan atom va atomlar gruppasining reaksiyaga kirish xususiyatiga bog‘liq. Spirtlar molekulasida reaksiyaga kirishadigan atom va atomlar gruppasini uch gruppaga bo‘lish mumkin:


1. Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan reaksiyalar.

2. Gidroksil gruppa orqali boradigan reaksiyalar.


3. Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reaksiyalar.

1. Glikollar bir atomli spirtlarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi. Glikollar bitta gidroksil guruhi hisobiga yoki ikkala gidroksil guruhi hisobiga reaksiyalarga kirishadi.Glikollarda kislotalik xossasi bir atomli spirtlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Ular shuning uchun ham og‘ir metallarning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishib rangli kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu ular uchun sifat reaksiyadir.


Mis glikolyati (havorangli kompleks birikma).Bu birikmada mis atomi ortiqcha valentliklari bilan bog‘langan bo‘lib bunday ichki molekulyar (metallar bilan) bog‘lanishli rangli birikmalar xelatlar deyiladi.


2.Glikollar ishqoriy metallar bilan to‘liq va yarim glikolyatlarni hosil qiladi:


CH2    CH2 CH2  CH2
| | | |
OH ONa ONa ONa

3.Galogenli birikmalarni hosil bo‘lishi:


CH2OH – CH2OH + HCl  CH2OH – CH2Cl +HOH


CH2OH –CH2Cl +HCl  CH2Cl-CH2Cl + HOH
CH2OH –CH2OH + 2PCl5  CH2Cl –CH2Cl + 2POCl3 + 2HCl

4.Oddiy efirlarning hosil bo‘lishi:


CH2OH – CH2OH + 2C2H5OH   CH2(OC2H5)  CH2(OC2H5) + 2HOH


5.Ichki molekulyar degidratlanish reaksiyalari.





4) Agar β-glikol bo‘lsa to‘yinmagan spirt hosil bo‘ladi:

CH2OH – CH2 – CH2OH  CH2 = CH2 – CH2OH


6. Molekulalararo degidratlani reaksiyalari.


CH2OH-CH2OH+ CH2OH – CH2OH   HOH + HO-CH2-CH2-O-CH2CH2(OH)

bu reaksiya yana davom etishi mumkin va polimer modda hosil bo‘ladi:


n HOCH2 –CH2OH  [-CH2 – CH2 - O-]n + nHOH


7) Favorskiy reaksiyasi:



Dioksan-siklik efir erituvchi sifatida ishlatiladi.

6.Oksidlash reaksiyasi:


.


7.Pinakolin qaytaguruhlanishi. Ikki atomli uchlamchi spirt – pinakon (2,3-dimetilbutandiol-2,3) sulfat ktslota ishtirokida qayta guruhlanadi va keton -


pinakolin hosil bo‘ladi:



Uch atomli spirtlar uchta gidroksil guruhi hisobiga reaksiyalarga kirishadi uch qator tuzlar, efirlar hosil qiladi. Ko‘p reaksiyalari bir atomli va ikki atomli spirtlarnikiga o‘xshash.


1.Xarakterli reaksiyalaridan biri uni ochishda ishlatiladigan reaksiya akroleinning hosil bo‘lishi.Bu reaksiya suvni tortib oluvchi agentlar ishtirokida boradi.(KHSO4 , H3BO3, MgSO4):





2.Gliserin ham kuchsiz kislotalik xususiyatiga ega bo‘lib, ko‘p atomli spirtlarga


xos reaksiyaga, ya’ni og‘ir metallarning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishadi:
mis gliserati havo rangli cho‘kma
3.Kislotalar ta’sirida protlovchi moddalar hosil qiladi:



Trinitrogliserin suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. U protlovchi modda


bo‘lib, undan dinamitlar tayyorlashda ishlatiladi. Nitrogliserinning 1 % li
spirtdagi eritmasi tibbiyotda stenokardiya kasalligida qon tomirlarini
kengaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Aslida trinitrogliserin bu gliserinning
trinitrati bo‘lib, murakkab efirdir, uni sanoatda ishlatilish jarayonida osonroqqisqaroq nitrogliserin deb atashgan (noto‘g‘ri nomlanish).

4.Organik kislotalar bilan ham murakkab efirlar hosil qiladi.


CH2 - OH CH2 - OCOR


| |
CH - OH + RCOOH  CH - OCOR + 3HOH
| |
CH2 - OH CH2OCOR

R – to‘yingan kislota qoldig‘i bo‘lsa С17dan yuqorisi qattiq yog‘lar.


R – to‘yinmagan kislota qoldig‘i bo‘lsa suyuq moylar.

5.Fosfor galogenidlarining ta’siri:


CH2OH - CHOH – CH2OH + PBr   CH2Br - CHBr – CH2Br + P(OH)


CH2OH - CHOH – CH2OH + 3HCl   CH2Cl - CHCl – CH2Cl + 3HOH



Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling