Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari


Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi


Download 81.62 Kb.
bet5/13
Sana23.02.2023
Hajmi81.62 Kb.
#1224890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI

Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Kredit shartnomasini tuzish erkinligi mijozni ssuda olmoqchi bo‘lgan bankni tanlash erkinligida va bankning shu mijozga kredit berish masalasini echish erkinligida o‘z aksini topadi. Ikkala tomon shartnomaviy munosabatlarga o‘z xohishlariga ko‘ra kiradilar.
Tomonlarning bir-biridan o‘zaro manfaatdorligi kredit shartnomasi shartlarini kelishish imkoniyatini bildiradi. Har bir tomon ham o‘z manfaatlarini qondiruvchi optimal variantni topishga harakat qiladi.
Kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishda muhim va yordamchi shartlarning bor ekanligiga ahamiyat berish kerak.
Muhim shartlar deganda, biz kredit shartnomasini tuzish imkoniyatini aniqlovchi shartlarni tushunamiz. Ularga tomonlarning nomi, shartnoma muddati, predmeti va summasi, ssudani berish va qaytarish tartibi, ssudadan foydalanish bahosining darajasi, kredit qaytarilishinng ta’minlanganligi, tomonlarning javobgarligi kiradi.
Qo‘shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta’minlashga, qo‘shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun qo‘laniladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish majburiyati;

  2. hisob va hisobotning zaruriy holati;

  3. garovga qo‘yilgan mulkni saqlanganligi;

  4. bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik;

  5. bank ruxsatisiz korxonani qayta tashkil etishni ta’qiqlanganligi va boshqalar.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, kredit shartnomasining umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  • SHartnoma maqsadi

  • Bank huquqlari

  • Qarz oluvchining huquqlari

  • Bank majburiyatlari

  • Qarz oluvchining majburiyatlari

  • SHartnomaning amal qilish muddati

  • Boshqa shartlar

  • Tomonlarning yuridik manzili va imzolari.

SHartnoma boshlanishida ishtirokchilarning yuridik shaxs sifatidagi rekvizitlari: qarz oluvchi uchun – nomi, bo‘ysunganligi, hisob-kitob varag‘i nomeri; bank uchun esa uning nomlanishi, ular tomonidan ish ko‘ruvchi shaxslar mansabi, ismi, familiyasi, otasining ismi ko‘rsatiladi. Bu bo‘limda shuningdek mijozning huquqiy shaklini: u alohida korxonami yoki tashkilotmi(shirkat, korporatsiya) ko‘rsatish kerak (13-ilova).

  • shartnoma maqsadi” bo‘limi kredit bitimi ob’ektini sifat va miqdor tavsifini aks ettiradi.

Kredit bitimi ob’ektining sifat tavsifi ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi. SHularga ko‘ra kredit turi quyidagicha tavsiflanadi:


  1. Download 81.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling