Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Kredit shartnomalarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi
Download 81.62 Kb.
|
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI
Kredit shartnomalarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi
Xorijiy banklar o‘zlarining kredit shartnomalarini qo‘llashning boy tajribasiga egadirlar. Uni o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi uchun katta amaliy ahamiyatga egadir. Turli mamlakatlarda tuziladigan kredit shartnomalarining asosiy xususiyatlari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: huquqiy madaniyatning yuqori darajasi; kredit bitimi shartlarining batafsil xarakteri; kredit shartnomalari shakllarining tiplashganligi; YAponiyada kredit shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish sohasida bank yuristlari har doim advokat kontoralari bilan aloqa qiladilar va qiyin yuridik savollarga javob topadilar. Bank yuristlari bank xodimlarni yuridik jihatdan doimiy tarzda o‘qitib turadilar. AO‘SHda eng batafsil kredit shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mijoz haqida umumiy ma’lumotlar; tuzilayotgan kredit bitimining asosiy parametrlari, summa, muddat va maqsadi; tasdiqlangan shartlar; inkor etiladigan shartlar; ssudalarni to‘lash kafolatlari; shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jazo choralari; to‘lovga layoqatsiz va bankrot deb e’lon qilish me’zonlari; bankka qarzni to‘lamagan taqdirdagi bank huquqlari. Germaniyada bir tizimdagi banklar uchun (xususiy, jamg‘arma,…) umumiy kredit shartlari o‘rnatiladi. O‘onunlar bilan birgalikda ular kredit operatsiyalarining asosini tashkil etadi. Umumiy kredit shartlari mijozlarga etkaziladi, kredit shartnomasida ular takrorlanmaydi, faqat qarz oluvchi unga rozi bo‘lgan punkt yoziladi. Germaniyada kredit shartnomalari erkinlashgan xarakterga ega. Kredit shartnomasining tipik shaklida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘ladi: tomonlarning to‘liq nomlari va manzillari; olingan va olinayotgan kreditlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar; yangi kreditning maqsadi; yangi kreditning shartlari; kredit uchun hisoblangan va undiriladigan foizlar summasini hisoblash tartibi; kredit qaytarilishining kafolati; boshqa shartlar; ma’sul shaxslarning muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari. Germaniyada bank va korxona o‘rtasida kredit shartnomasi 3 bosqichda tuziladi: mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibining shakllantirilishi; uning bank tomonidan ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi; kredit shartnomasini imzolash.
Foizlarni to‘lash va asosiy qarzni to‘lashga oid to‘lovlar Germaniyada kredit shartnomasini tuzish sxemasi. Banlarda kredit arizasini ko‘rib chiqishning majburiyligi kredit shartnomasini tuzishning huquqiy asoslanganligi garovidir. Xorijiy davlatlarda nafaqat kredit bitimini, balki mijozni o‘zini ham chuqur o‘rganish uning kredit riski omillariga doir majburiyatlarini aniqlashtirishga yordam beradi. SHuning uchun mijozning majburiyatlariga bag‘ishlangan kredit shartnomasining bo‘limi tarkibiga har bir ssudani qaytib kelishiga qaratilgan aniq iqtisodiy va huquqiy shartlari kiritilgan. Download 81.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling