Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini
Download 81.62 Kb.
|
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijozning depozit hisob varag‘idagi o‘rtacha kunlik qoldiq miqdori
- Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti
Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini aniqlash kredit mutaxassisi uchun muhimdir. Bunda u mijozdan barcha to‘lovlardan keyin qoladigan sof oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot talab qiladi, mijozni ish bilan ta’minlovchilarga murojaat qilib, firmaning ishlash muddati, manzilgohi va sug‘urta kafolati haqida so‘rab-surishtiradi.
Mijozning depozit hisob varag‘idagi o‘rtacha kunlik qoldiq miqdori ham uning talabnomasini baholash uchun muhimdir. Ba’zi banklar kreditning qaytmaslik ehtimolini sezishlari bilan, mijozni o‘n kun oldin ogohlantirgan holda, uning depozit hisob varag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilib, depozit hisob varag‘idagi mablag‘ni ssuda hisob varag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talab qiladilar. Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti iste’mol krediti talabnomasini qondirishning yana bir muhim omilidir. Mijoz mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo‘lsa va yashash joyda qisqa vaqt ichida turgan bo‘lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga kredit berishni rad qilishi mumkin. Qarzni to‘lash bosqichlari tahlil qilinganda, mijozning yillik va oylik daromadi aniqlanadi. Buning ma’nosi shuki, kredit mutaxassisi qarzning har bir qismini o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishini ta’minlash uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning o‘z mablag‘larini boshqarish qobiliyatini o‘rganadi. Bank kreditini qaytarish omillaridan biri, kreditning ta’minlanganligidir, ya’ni mijozga tegishli uy, bino, inshootning mavjudligidir. Bundan tashqari, telefonning mavjudligi ham biron bir muammo paydo bo‘lganda, bankka mijoz bilan xarajatsiz bog‘lanish imkoniyatini beradi. Barcha omillar ichida eng asosiysi, mijoz ma’lumotlarining to‘laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo‘yligidir. CHunki mijoz o‘zining sog‘lig‘i, kelajakdagi banddigi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot bersa, bank bundan katta zarar ko‘rishi mumkin. SHuning uchun iste’mol kreditlaridan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir. Kredit talabnomasining quyidagi ko‘rsatkichlari sifat indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Bular mijozning: mijozning faoliyat sohasi, mashg‘ulot turi; yoshi, oilaviy ahvoli; uy-joy bilan ta’minlanganligi; kredit bo‘yicha reyting bahosi; faoliyati va uning davomiyligi; so‘nggi manzilda yashash muddati; telefoni; qaramog‘idagi shaxslar soni; bankdagi hisob varaqlari raqami; daromad darajasi. Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabnomasini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga asoslangan. Hozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo‘llanilmoqda.
Download 81.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling