Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari


Ball Kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror


Download 81.62 Kb.
bet10/13
Sana23.02.2023
Hajmi81.62 Kb.
#1224890
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI

Ball

Kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror

28 gacha
29 - 30
31 - 33
34 - 36
37 - 38
39 - 40
41 - 43

  • Kredit berish rad etilsin

  • 500 $gacha kredit berish mumkin

  • 1000 $gacha kredit berish mumkin

  • 2500 $gacha kredit berish mumkin

  • 3500 $gacha kredit berish mumkin

  • 5000 $gacha kredit berish mumkin

  • 8000 $gacha kredit berish mumkin

Biroq, ball tizimining bunday shaklini qo‘llaganda, bank o‘z mijozlarini yo‘qotishi mumkin. CHunki mijozlar o‘zlarining kredit talabnomalarini bank noto‘g‘ri baholagan, degan xulosaga kelib, mazkur bank xizmatidan foydalanishidan bosh tortishi mumkin. Bundan tashqari talabnomaning qonunga xilof ravishda baholanishi natijasida, mijoz bank ustidan sudga ariza berishi mumkin. Bunday sharoitda bank o‘zi qo‘ygan har bir ball bahosini dalillar bilan isbotlab berishiga to‘g‘ri keladi. Ballik baho qo‘yishda bank yumshoq baho siyosatidan foydalanmasa, o‘zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin.


Kredit berish (olish) «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek, unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi
Kreditga doir yig‘majildda kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim.

  • qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza;

  • qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas’ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo‘lishi shart;

  • biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);

  • agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;

  • tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;

  • qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan, balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultatsion bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;

  • mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining etarliligini tasdiqlovchi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili;

  • bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.

Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:

  • ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;

  • hisobot bahosiga muvofiq garov mavzui bozor qiymatini taqqoslash va uni saqlab turish uchun etarli bo‘lgan axborot va tahlilni o‘z ichiga oluvchi baholash to‘g‘risidagi hisobot;

  • agar kredit garovni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa, uni sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar.

Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:

  • kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat;

  • auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi.

SHaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shartnomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘majildiga smeta hujjatlarini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritish lozim.



Download 81.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling