Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Download 81.62 Kb.
|
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning maqsadi.
- Kredit summasi.
Kredit shartnomasi:
ikki taraflama shartnomadir, ya’ni har ikki taraf tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi; haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya’ni qarzdor kreditorga kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko‘rinishida haq to‘lashi lozim; konsensual shartnomadir, ya’ni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun to‘lanadi; xo‘jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi. Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni to‘lash muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit munosabatlari kredit shartnomaga asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har qanday kredit munosabatlari unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeidan qat’iy nazar o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomada quyidagi asosiy shartlar ko‘rsatiladi. Kreditning maqsadi. Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim hisoblanadi. SHartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilar ko‘rsatiladi. Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar o‘zlarining biznes rejasida ko‘rsatib utishlari shart. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi o‘tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan shartnoma asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi o‘zaro nomutanosibliklar, o‘sha tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banki mana shu omillarni hisobga olishi kerak. Kredit summasi. Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo‘ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko‘rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko‘rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda mijozlar o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan ob’ektni to‘la o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Download 81.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling